USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston xalqiga hamdardlik bildirdi

161 марта
Шавкат Мирзиёев Қозоғистон халқига ҳамдардлик билдирди

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida maşğulotlar paytida harbiy xizmatçilar halok bölgani munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi malum qildi.

Özbekiston rahbari halok bölganlarning oila azolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tilagan.

Manğistaudagi fojia

Bugun, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-denggiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.

Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Fojia böyiça jinoyat işi qözğatilgan va tergov olib borilmoqda.

Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan.

Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Keyinroq Manğistau viloyati hokimligi Kaspiy dengizidagi fojia oqibatida halok bölganlar soni 12 kişiga yetganini malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: