Qozoğistonda umummilliy motam elon qilindi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Manğistau viloyatida ötkazilgan maşğulotlar çoğida harbiy xizmatçilarning halok bölişi munosabati bilan mamlakatda umummilliy motam elon qildi. Bu haqda Oqörda xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qozoğiston rahbarining farmoyişi bilan Manğistau viloyatida xizmat burçini bajariş çoğida harbiy xizmatçilarning halok bölişi munosabati bilan 2026 yil 25 sentyabr kuni Qozoğiston Respublikasida umummilliy motam elon qilingan.
Manğistaudagi fojia
Bugun, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-denggiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilarni dengizga oqizib ketgan.
Mudofaa vazirligining dastlabki malumotlariga köra, dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketgan. Hozirgi vaqtda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Boş prokuratura Oqtov garnizonidagi maşğulotlar çoğida harbiy xizmatçilarning halok bölişi fakti böyiça jinoyat işi qözğatilgani va tergov olib borilayotganini malum qilgan. Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, vojia joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan.
Prezident Qosim-Jomart Töqayev Manğistau viloyatida harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan.