Kaspiydagi fojia: halok bölgan harbiylar soni 12 kişiga yetdi
Qozoğistonning Manğistau viloyati hokimligi Kaspiy dengizidagi fojia oqibatida halok bölganlar soni 12 kişiga yetganini malum qildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat Boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev boşçiligidagi hukumat komissiyasi favqulodda hodisa joyida öz işini davom ettirmoqda.
“Voqea joyida barça jalb qilingan davlat organlarining harakatlari, şuningdek, qidiruv-qutqaruv işlari muvofiqlaştirilmoqda. Hozirgi vaqtda asosiy vazifa bölib joylaşuvi hali aniqlanmagan ikki nafar harbiy xizmatçini qidiriş qolmoqda.
Aniqlangan malumotlarga köra, öquv-jangovar topşiriqni bajariş çoğida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli dengizga 17 kişini oqizib ketgan, ulardan 12 nafari halok bölgan, uç kişini qutqarişga muvaffaq bölingan. Qolgan ikki nafar harbiy xizmatçini qidiriş işlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Qanat Bozumbayev bedarak yöqolgan harbiy xizmatçilarni barça zarur kuç va vositalarni jalb qilgan holda keçayu kunduz uzluksiz qidirişni taminlaş böyiça topşiriq bergan. Şuningdek, halok bölgan harbiy xizmatçilarning oilalariga zarur moddiy va boşqa yordamlarni körsatiş topşirilgan.
Manğistaudagi fojiya
Bugun, 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-denggiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.
Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Fojia böyiça jinoyat işi qözğatilgan va tergov olib borilmoqd.
Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan.
Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi.