Özbekistonda tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi ötkaziladi
Özbekistonda joriy yil 1 oktyabrdan tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi ötkaziladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 23 sentyabr kuni imzolagan “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonda söz boradi.
Farmonga köra, bunda 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab yaşil hududlar joylaşuvini aniqlaş, yerlarni tayyorlaş, köçat va butalar zaxirasini yaratiş çoralari köriladi.
Köçat va butalarni ekiş mavsumi:
- 2026 yil 1 noyabrdan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
- 2026 yil 5 noyabrdan Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
- 2026 yil 10 noyabrdan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toşkent va Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahrida;
- 2026 yil 20 noyabrdan Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida boşlanadi.
2027 yil 1 yanvardan “Yaşil mahalla” loyihasi doirasida “Mahallani yaşillaştiriş” paketi joriy etiladi.
“Yaşil mahalla” loyihasi doirasida mahallalarga Örmon agentligi tomonidan örmonçi-murabbiy xodim biriktiriladi. Bunda “mahalla yettiligi” azolari örmonçi-murabbiy tomonidan har ekiş mavsumi boşlanişidan oldin bir marotaba qisqa öquv kurslarida öqitiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda mahallalarning “yaşil reytingi”ni joriy etiş taklif etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bunda yaşil maydonlar uluşi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi köçatlarning tutib ketişi va aholining iştiroki asosiy mezonlar böladi.