USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda mahallalarning “yaşil reytingi”ni joriy etiladi

76 марта
Ўзбекистонда маҳаллаларнинг “яшил рейтинги”ни жорий этилади

Özbekistonda mahallalarning “yaşil reytingi”ni joriy etiş taklif etilmoqda. Bugun, 21 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqiçga olib çiqiş, mahallalarda aholi uçun qulay ekologik muhit yaratiş va innovatsion yeçimlarni joriy etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, ekologiya qömitasiga har bir mahalla kesimida köçat turi, ekiladigan joyi va suğoriş tizimi aks etgan “yaşil xarita”larni işlab çiqib, aholiga elon qiliş topşirilgan. Mahalla raislari bilan birgalikda har bir köçadagi daraxt va köçatlar holatini muntazam kuzatiş, quriş sabablarini aniqlab, bartaraf etiş vazifasi qöyilgan.

Daraxt ekiş işlarini, avvalo, aholi gavjum joylarda, piyodalar yölaklari va tunu kun işlaydigan köçalarda taşkil etiş muhimligi takidlangan. Bunday hududlarda soya beruvçi daraxtlarni köpaytiriş orqali odamlarning yurişi va dam olişi uçun qulay şaroit yaratiş zarurligi qayd etilgan.

Taqdimotda “Yaşil” mahallam” dasturi doirasida mahallalarga kompleks xizmatlar körsatiş takliflari körib çiqilgan. Mahalla buyurtmasi asosida sifatli köçatlar, organik öğit va suv tejovçi suğoriş vositalarini yetkazib beriş, daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qiliş xizmatlarini yölga qöyiş nazarda tutilmoqda.

Har bir mahallaga örmonçi-murabbiy biriktirib, aholiga köçat ekiş, suğoriş va parvarişlaşni örgatiş, uylar, maktab va boğçalar oraliğida kiçik daraxtzorlar hamda jamoat boğlarini barpo etiş rejalaştirilgan. Bu işlarga mahalla faollari va yoşlardan iborat köngillilar harakatlarini keng jalb qiliş vazifasi belgilangan.

Mahallalarning “yaşil reytingi”ni joriy etiş taklifi ham muhokama qilingan. Bunda yaşil maydonlar uluşi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi köçatlarning tutib ketişi va aholining iştiroki asosiy mezonlar böladi. Yuqori natijaga erişgan mahallalarni obodonlaştiriş uçun qöşimça mablağlar va “yaşil” loyihalarga maqsadli mikrograntlar ajratiş orqali rağbatlantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş topşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: