Şavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlarini tabrikladi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan mamlakat turizm sohasi xodimlariga tabrik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari tabrigida turizm mamlakat iqtisodiyotida muhim örin tutadigan, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladigan istiqbolli tarmoqqa aylanib borayotganini takidlagan.
“Avvalo, siz, azizlarni 27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi kunda turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim örin tutadigan, minglab yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladigan istiqbolli tarmoqqa aylanib bormoqda”, deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyevning qayd etişiça, keyingi yillarda Özbekistonda olib borilayotgan oçiqlik siyosati, viza tartibining soddalaştirilişi, transport va mehmonxona infratuzilmasining kengaytirilişi hamda tadbirkorlar uçun soliq va bojxona imtiyozlarining joriy etilişi soha rivojiga yangi turtki bergan.
“Buning tasdiğini 2025 yilda Özbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2016 yilga nisbatan salkam 6 barobar oşib, qariyb 12 million nafarga yetgani, turizm xizmatlari eksporti 11 karra köpayib, 4 milliard 800 million AQŞ dollarini taşkil etgani misolida yaqqol köriş mumkin”, deyiladi tabrikda.
Şuningdek, davlat rahbari Özbekistonning xalqaro turizm siyosatidagi örni tobora mustahkamlanib borayotganini qayd etgan. Uning takidlaşiça, mamlakat taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi tomonidan 2027 yil Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili deb elon qilingan.
“BMT Turizm taşkiloti respublikamizni dunyodagi eng tez ösayotgan beşta sayyohlik yönalişidan biriga kiritganini takidlaş lozim”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident bunday natijalar zamirida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan minglab mutaxassislarning mehnati mujassam ekanini ham takidlagan.
“Albatta, bunday yutuqlar zamirida yurtimizdagi minglab turoperator va turagentlar, mehmonxona va oilaviy mehmon uylari xodimlari, gid va ekskursovodlar, restoratorlar, transport va servis kompaniyalari vakillari, hunarmandlar, madaniyat namoyandalari, muzey xodimlari, ustoz-murabbiylarning maşaqqatli mehnati mujassamdir.Fursatdan foydalanib, uşbu yönalişlarda sidqidildan xizmat qilayotgan barça soha xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deydi u.
Şundan söng Şavkat Mirziyoyev mamlakatda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantiriş böyiça rejalarga töxtalgan. Xususan, Xivada xalqaro turistik şaharça, kongress markazi va tarixiy-etnografik boğ barpo etiş, Içanqalani raqamli texnologiyalar asosida “aqlli” muzey-majmuaga aylantiriş rejalaştirilgan
Şuningdek, Samarqandda noyob eksponatlar jamlangan Ipak yöli muzeyini taşkil etiş, Qoraqalpoğistonda arxeologik yodgorliklar böylab yangi turistik yönalişlarni oçiş, Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida “Ğilon”, Namangan viloyatining Pop tumanida esa “Araşan” kabi yangi majmualarni barpo etiş közda tutilgan.
Şu bilan birga, sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş, yagona milliy turizm platformasini işga tuşiriş va sayyohlik xizmatlarini yagona tizimga integratsiya qiliş ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.
“Suniy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş, kadrlar malakasini muntazam oşirib boriş ham ustuvor vazifa bölib qoladi.Gastronomik, ekologik, ziyorat, tibbiyot, toğ va sarguzaşt, işbilarmonlik, etno va qişloq turizmi kabi yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan yönalişlarni jadal rivojlantirişga alohida ahamiyat beramiz”, deydi Prezident.
Uning qayd etişiça, bu vazifalarni amalga oşiriş orqali 2030 yilga borib xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga yetkaziş, xizmatlar eksportini 8 milliard dollardan oşiriş va yuqori toifadagi mehmonxonalar sonini ikki karra köpaytiriş maqsad qilingan.
“Bunday ulkan marralarni egallaşda, avvalo, öz hayotini turizm sohasi bilan boğlagan, yurtimizni, uning qadimiy tarixi va madaniyatini dunyoga tarğib etişni özining professional burçi deb biladigan sizlar kabi taşabbuskor va taşkilotçi insonlarga tayanamiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari soha xodimlarining mehnatini munosib rağbatlantiriş bundan buyon ham etibor markazida bölişini bildirgan.
“Heç şubhasiz, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, xodimlarning fidokorona mehnatini munosib rağbatlantiriş bundan buyon ham etiborimiz markazida böladi.Şu munosabat bilan “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini tasis etsak, öylaymanki, bu taklifni barçangiz qöllab-quvvatlaysiz”, deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev tabrigini turizm sohasi xodimlariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, şarafli faoliyatida omad va zafarlar tilaş bilan yakunlagan.