Toşkentda yer qimirladi
Bugun, 28 sentyabr kuni Özbekistonda zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 09:03 da yuz bergan. Zilzila epitsentri Toşkentdan 66 kilometr janubiy-şarqda joylaşgan. Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng bölgan, çuqurligi esa 15 kilometrni taşkil qilgan.
Zilzila koordinatalari: 40,79 daraja şimoliy kenglik, 69,69 daraja şarqiy uzunlik.
Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:
- Olmaliq şahrida 3 ball, 9 km.
- Piskent tumanida 2-3 ball, 23 km.
- Ohangaron tumanida 2 ball, 26 km.
- Nurafşon şahrida 2 ball, 40 km.
- Angren şahrida 2 ball, 41 km.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonda sodir bölgan zilzila Özbekistonda sezilgan edi.