USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qodirov bolalar qotillariga qatiy ölim jazosi berilişini söradi

55 марта
Қодиров болалар қотилларига қатъий ўлим жазоси берилишини сўради

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov bolalarga nisbatan jinoyat uçun jazoni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasiga munosabat bildirdi. U qasddan odam öldirgan, ayniqsa, bolaga qasd qilgan şaxslar ölim jazosiga hukm qilinişi kerakligini aytdi. Bu haqda Qodirov özining Telegram-kanalida yozdi.

Qodirov xalqaro huquqning jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan yondaşuvini tanqid qilgan.

“Biz kimlardan örnak olyapmiz?!” deya savol qöygan Qodirov.

Uning takidlaşiça, xalqaro huquq bunday jinoyat sodir etgan şaxsni ham inson sifatida köradi va uning huquqlarini himoya qiladi.

Deputat Norvegiyada 77 kişini öldirgan va umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan Anders Breyvikni misol keltirgan. Uning yozişiça, Breyvik qamoqxonada kitob yoziş uçun şaroit yöqligidan şikoyat qilgan va unga bunday şaroit yaratilgan.

“Bizning pedofil ham şaroit sörasa, yaratib berişga majbur bölamiz, çunki biz ergaşayotgan xalqaro huquq uni inson sifatida köradi, ölik sifatida emas!” deb yozgan Qodirov.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisining fikriça, qasddan odam öldirgan, ayniqsa, bolaga qasd qilgan şaxslarga nisbatan ölim jazosi qöllanişi kerak. U bunday jazo ehtimoliy qotilliklarning oldini oliş va bunday jinoyatga moyil şaxslarga ibrat bölişi mumkinligini takidlagan.

“Qasddan odam öldirgan, ayniqsa bolaga qasd qilganlar kelgusida ehtimoliy bunday qotilliklarni oldini oliş, moyillarga ibrat bölişi uçun ölimga hukm qilinişi kerak”, degan u.

Avvalroq ham Alişer Qodirov ayrim oğir jinoyatlar, xususan, bolalarga qarşi jinoyatlar uçun ölim jazosini joriy etiş zarurligi haqida fikr bildirgan edi.

Namangandagi boğçada fojia

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan. Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritilgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: