USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bobur Bekmurodov Alişer Qodirovning ölim jazosi taklifiga qarşi çiqdi

235 марта
Бобур Бекмуродов Алишер Қодировнинг ўлим жазоси таклифига қарши чиқди

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov bolalarga qarşi jinoyatlar, ayniqsa, qasddan odam öldirganlik uçun ölim jazosini joriy etiş kerakligini aytgan edi. “Yuksaliş” harakati raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Tadbirkorlik qömitasi raisi Bobur Bekmurodov esa mazkur taklifga munosabat bildirib, ölim jazosiga qarşi ekanini malum qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozdi.

Bekmurodov Alişer Qodirovga murojaat qilib, bolalarga qarşi jinoyatlar uçun jazo muqarrar va qatiy bölişi kerakligi borasidagi fikrni qöllab-quvvatlaşini, biroq ölim jazosi masalasida uning pozitsiyasiga qöşilmasligini aytgan.

Uning bildirişiça, ölim jazosini joriy etiş bolalarning özini ham yanada katta xavf ostida qoldirişi mumkin.

“Agar bolani zörlaş ölim bilan jazolansa, jinoyatçini yagona guvohni, yani bolaning özini yöq qilişdan töxtatib turadigan heç narsa qolmaydi”, deb yozgan Bekmurodov.

Bekmurodov bu fikrini jinoyatçi jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida jabrlanuvçini ham öldirişi mumkinligi bilan izohlagan. Şuningdek, u Özbekistonning xalqaro majburiyatlari va sud xatosi ehtimolini ham hisobga oliş kerakligini qayd etgan.

“Ölim jazosi qaytarib bölmaydigan jazo. Sud xatosi ehtimolini esa heç qaçon butunlay istisno qilib bölmaydi”, deya qayd etgan u.

Bekmurodovning yozişiça, bolalarni himoya qiliş faqat jazoni kuçaytiriş bilan çeklanmasligi kerak. U buning uçun jinsiy jinoyatçilar reyestrini yuritiş va bunday şaxslarga bolalar bilan işlaşni umrbod taqiqlaşni taklif qilgan.

“Bolalarga qarşi jinoyat sodir etgan şaxslarni bolalar bilan işlaşdan umrbod çetlatiş, ularni nazorat qiliş va xavfni erta aniqlaş mexanizmlarini kuçaytiriş kerak”, deb yozgan Bekmurodov.

Uning fikriça, maktab va mahallalarda xavfni erta aniqlaş, jinoyatlarni tez va muqarrar foş etiş, şuningdek, jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonlarida huquqiy hamda psixologik yordam körsatiş ham muhim.

“Bolaning xavfsizligini taminlaş uçun jinoyat sodir bölgandan keyin jazolaş bilan birga, bunday holatlarni oldindan aniqlaş va jabrlanuvçini himoya qiliş tizimini ham kuçaytiriş zarur”, deya takidlagan u.

Şundan söng Alişer Qodirov Bekmurodovning fikriga munosabat bildirib, ayrim masalalarda hamfikr ekanini aytdi.

“Bir haqiqatda hamfikrmiz: bolalarimizning xavfsizligi va farovonligi – xalqimiz uçun oliy qadriyat”, deb yozdi Qodirov.

Qodirov Bekmurodovning bu fikriga yana bir bor munosabat bildirib, ölim jazosi masalasida öz pozitsiyasida qolişini malum qilgan.

“Boburjon Mansuroviç, fikrlaringizni hurmat qilaman, lekin öz fikrimda qolaman”, deb yozdi Qodirov.

Birinçidan, u Konstitutsiya jamiyat tafakkuriga uyğunlaşib borişi kerakligini, xalq talab qilsa, unga özgartişlar kiritilişi mumkinligini aytgan.

“Xalq talab qilsa yana özgaradi, bu normal holat”, deb yozdi Qodirov.

Ikkinçidan, uning bildirişiça, pedofil qilmişi uçun muqarrar ölim jazosi kutayotganini bilsa, jinoyat sodir etişdan qaytişi mumkinligiga umid qiliş kerak.

“Pedofil qilmişi uçun uni muqarrar ölim kutayotganini bilsa jinoyat qilmaydi, deb umid qilişimiz kerak”, deya qayd etgan u.

Uçinçidan, Qodirov qonunlar, avvalo, xalq manfaatlari uçun qabul qilinişi kerakligini, xalqaro majburiyatlardan köra xalq manfaatlari ustuvor bölişi lozimligini takidlagan.

“Biz qonunlarni xalqimiz uçun qabul qilamiz, xalqaro majburiyatlarimizni bajariş uçun emas, xalqimiz manfaatlari doimo ustuvor bölişi kerak”, deb yozdi u.

Şuningdek, u sud xatosi masalasiga töxtalib, sudyaning erkin, vijdonli va bilimli bölişi muhimligini aytgan.

“Sudya xatosi haqida esa gapirişni ham istamayman. Şifokor hamma narsani töğri qilsa ham unga boğliq bölmagan jarayonlarni oldini ololmasligi mumkin, lekin sudya nafaqat ölim, jarima hukmini ham töğri çiqariş uçun juratli, erkin, vijdonli va bilimli bölişi yetarli”, deb yozdi Qodirov.

U tizimda muammolar borligi, sudyalarga işlaş uçun şaroit yaratiş va advokatlik institutini rivojlantiriş zarurligini ham tan olgan.

“Lekin sudyani saviyasidan xavotir bilan adolatli jazoni rad etiş, qabul qilib bölmas yondaşuv”, deya takidlaydi u.

Törtinçidan, Bekmurodov oğir jinoyatlarning oldini olişda jinoyatçini töxtatadigan murosasizlik yetişmayotganini aytgan.

“Siz aytgan işlarni hammasi bor va bölyapti, lekin jinoyatçini töxtatadigan murosasizlik yetişmayapti. Oğir jinoyatlar profilaktikasi uçun oğir va şafqatsiz qarorlar bölişi kerak”, deya xulosa qildi Qodirov.

Bekmurodov Qodirov bilan bolalar xavfsizligi va farovonligi masalasida hamfikr ekanini takidlab, fikrini quyidagi sözlar bilan yakunlagan:

“Bir haqiqatda hamfikrmiz: bolalarimizning xavfsizligi va farovonligi – xalqimiz uçun oliy qadriyat”.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş közda tutilgani haqida xabar berilgan edi.

Namangandagi boğçada fojia

Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan. Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritilgan edi. 

Özbekiston Maktabgaça va maktab talimi vaziri Ezoza Karimova Namanganda qizaloqqa qilingan zöravonlik ortidan hodisaga munosabat bildirib, bolalar taqdiriga befarq, öz vazifasiga masuliyatsiz munosabatda bölgan insonlarning talim tizimida işlaşiga yöl qöyilmasligini bildirgan edi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: