Andijonda Cobalt temir yöl yaqinidagi beton tösiqqa urildi
Bugun, 29 sentyabr kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida Cobalt haydovçisi boşqaruvni yöqotib, temir yöl kesişmasi yaqinidagi beton tösiqqa urildi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi D-138 “Andijon–Xonobod” avtomobil yölining 5-kilometrida, Töraçeki mahallasi hududida sodir bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, 2005 yilda tuğilgan A.J. Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda maşina temir yöl kesişmasi hududidagi yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa borib urilgan. Hodisa oqibatida avtomobil texnik şikastlangan, fuqarolar tan jarohati olmagan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida tormozi işlamay qolgan GAZ-53 yuk avtomobili svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan 5 ta avtomobilga borib urilgani haqida xabar berilgan edi.