Andijonda yuk maşinasi va yana 5 ta avtomobil iştirokida YTH sodir böldi
Keça, 27 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida tormozi işlamay qolgan GAZ-53 yuk avtomobili svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Bu haqda Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa soat 14:45 larda Andijon tumani “ÇEM” MFY hududidan ötuvçi A-373 “Toşkent – Öş” avtomobil yölining 334-kilometrida sodir bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, 1976 yilda tuğilgan A. M. boşqaruvidagi GAZ-53 rusumli yuk avtomobili “Boğişamol” hududidan “Aeroport” yönalişida harakatlanib kelgan.
Haydovçi tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab oraliq masofani saqlay olmagan. Oqibatda yuk avtomobili çorrahada svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan Damas, Nexia-2, Matiz, Spark va Labo rusumli avtomobillar bilan töqnaşgan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida fuqarolar jarohatlanmagan. Avtomobillarga esa texnik şikast yetgan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Mirobod tumanida mototsikl, GAZ va KIA K5 iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölib, oqibatda mototsikl haydovçisi halok bölgan edi.