Urgutda Cobalt Spark bilan töqnaşib, yonib ketdi
Bugun, 1 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt Spark bilan töqnaşib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 15:10 lar atrofida Urgut tumani “Bahrin” MFY hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1109-kilometrida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobil özi bilan bir yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan Spark rusumli avtomobil bilan yöl-transport hodisasini sodir etgan.
Hodisa oqibatida Cobalt rusumli avtomobilning salon va dvigatel qismida yonğin yuzaga kelgan. Yonğin FVB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yöq.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Yunusobod tumanida Lexus rusumli transport vositasi Cobalt bilan töqnaşib ketgandi. Sodir bölgan YTH oqibatida kimdir tan jarohati olgani yoxud haydovçilarning ahvoli haqida axborot berilmagan.