Toşkent viloyatida yuk maşinasi yonib ketdi
Keça, 29 iyun kuni Toşkent viloyatida yöl-transport hodisasi sodir bölişi oqibatida yuk avtomaşinasi yonib ketdi. Bu haqda Toşkent viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa soat 18:30 larda, Toşkent viloyati Çinoz tumani hududidan ötgan M39 “Toşkent-Termiz” avtomobil yölining 848-kilometrida sodir bölgan. “Kamaz” rusumli yuk transport vositasi “Sirdaryo-Toşkent” yönalişida harakatlanib ketayotgan vaqtida, haydovçining rul boşqaruvini yöqotişi oqibatida qarama-qarşi yönalişga çiqib, MAN rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşuv sodir etgan.
Töqnaşuv oqibatida “Kamaz” rusumli yuk avtomobilida yonğin kelib çiqqan. Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan öçirilgan.
Hozirda holat yuzasidan Çinoz tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda yuk maşinasida yonğin çiqqan edi.