Toşkentda Lexus Cobalt bilan töqnaşib ketdi
Bugun, 30 iyul kuni Toşkent şahar Yunusobod tumanida Lexus rusumli transport vositasi Cobalt bilan töqnaşib ketdi. Bu haqda Içki işlar boş boşqarmasining Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa tungi soat 01:20 larda Toşkent şahar Yunusobod tumani A.Navoiy–Şahrisabz köçalari çorrahasida sodir bölgan. Unda 2004 yilda tuğilgan haydovçi Lexus rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotgan. Şundan söng u oldinda bir yönalişda harakatlanib ketayotgan 2000 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan töqnaşgan.
Sodir bölgan YTH oqibatida kimdir tan jarohati olgani yoxud haydovçilarning ahvoli haqida axborot berilmagan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB masul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida Lacetti Kia K5 bilan töqnaşişi oqibatida ikkiga bölinib ketgan edi.