USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pensiya uçun fuqarolardan qoğoz hujjatlarni qabul qiliş töxtatiladi

85 марта
Пенсия учун фуқаролардан қоғоз ҳужжатларни қабул қилиш тўхтатилади

Özbekistonda 2027 yildan pensiya uçun fuqarolardan qoğoz hujjatlarni qabul qiliş töxtatiladi. Bu haqda Prezident keça, 28 sentyabr kuni qabul qilgan “Davlat pensiya taminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda söz boradi.

Qarorga  köra, pensiya taminotiga oid fuqarolarga körsatiladigan xizmatlar 2027 yil 1 yanvarga qadar töliq interaktiv va proaktiv şaklga ötkaziladi. Pensiya taminotiga oid quyidagi xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv şaklda körsatiladi:

  • 2026 yil 1 noyabrdan işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan işsiz deb etirof etilgan şaxslarga umumiy belgilangan yoşdan ikki yil avval yoşga doir pensiya tayinlaş;
  • 2027 yil 1 yanvardan boquvçisini yöqotganlik pensiyasini tayinlaş.

2027 yil 1 yanvardan  “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida pensiya yoşiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qiliş imkoniyati yaratiladi.
 
Qarorga köra, 2027 yil 1 yanvardan  Pensiya jamğarmasi tomonidan fuqarolardan qoğoz şaklidagi hujjatlar hamda malumotlarni qabul qiliş amaliyoti bekor qilinadi. Quyidagi xizmatlar fuqarolarning xohişiga köra, interaktiv şaklda körsatiladi:

  • 2026 yil 1 noyabrdan mehnat şaroiti zararli va oğir işlarda band bölgan hamda boşqa umumiy belgilangan yoşni qisqartirgan holda pensiya oliş huquqi mavjud şaxslarga imtiyozli şartlarda pensiya tayinlaş;
  • 2026 yil 1 dekabrdan  Özbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, pensiyaning boşqa turiga ötkaziş uçun murojaat qiliş;
  • 2027 yil 1 yanvardan pensiya tölovini naqd pul şakliga ötkaziş va töxtatib turilgan pensiya tölovlarini tiklaş.

 2026 yil 1 oktyabrdan  fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida faoliyatni amalga oşiruvçilar özini özi band qilgan şaxslar uçun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq tölaganda, ularga bir yil iş staji avtomatik hisoblanadi.

Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan  rasmiy daromadga ega bölgan şaxslarga işlamaydigan oila azolari iş stajiga ega bölişi uçun har oyda ixtiyoriy ravişda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq tölaş huquqi beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 2028 yil 1 yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkaziş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: