Öqituvçilar uçun majburiy bir oylik kurslar bekor qilinadi
Özbekistonda pedagoglar uçun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy öqiş talabi bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda malum qildi.
“Zamon özgaryapti. Bolalarning qiziqişi, dunyoqaraşi, axborot oliş xususiyati ham özgaryapti. Keça samara bergan dars usuli bugun yetarli bölmasligi mumkin. Şu sabab muallimning muntazam öqişi va öz ustida işlaşi zarur”, deydi Prezident öqituvçilarning malakasi haqida.
Pedagoglar uçun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy öqiş talabi bekor qilinadi. Uning örniga kasbiy rivojlaniş vauçerlari joriy etiladi.
Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgaça talim oliş imkoniga ega böladi. Kursni va malaka oşiriş joyini özi tanlaydi.
Davlat rahbari bu özgariş malaka oşirişni rasmiyatçilikdan amaliy ehtiyojga aylantirişi kerakligini takidlagan.