Özbekistonlik yozuvçi Nobel uçun nomzodlar röyxatiga kirdi
Özbekistonlik yozuvçi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot böyiça Nobel mukofotini qölga kiritişi mumkin bölgan adiblar qatoriga kirdi. Bu haqda “Literary Hub” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur röyxat Nobel mukofoti qömitasining rasmiy nomzodlar röyxati emas. Unda Hamid Ismoilov bilan birga boşqa köplab taniqli adiblar ham bor. Ular orasida Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Ruşdi, Joan Rouling, Stiven King va boşqa yozuvçilar qayd etilgan.
Malumot uçun, Hamid Ismoilov 1954 yil 5 may kuni Qirğizistonning Töqmoq şahrida tuğilgan. U 1992 yilda Özbekistondan Buyuk Britaniyaga ketgan va BBC Jahon xizmatida 25 yil faoliyat yuritgan.
Yozuvçining asarlari özbek, rus, frantsuz, nemis, turk va boşqa tillarda naşr etilgan. U özbek adabiyoti namunalarini boşqa tillarga, jahon adabiyoti asarlarini esa özbek tiliga tarjima qilgan. Ismoilovning “Jinlar bazmi” romani 2018 yilda ingliz tilida naşr etilgan. Asar 2019 yilda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining EBRD Adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.
Joriy yilgi adabiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindori 8 oktyabr kuni elon qilinişi kutilmoqda. Mukofot sohibi 12 million şved kronasi miqdoridagi pul mukofotini oladi.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda adabiyot böyiça Nobel mukofoti vengriyalik yozuvçi Laslo Krasnaxorkaiga berilgan edi.