Endi Nobel mukofoti ğoliblariga 1,2 mln dollardan beriladi
2026 yilgi Nobel mukofotining har bir kategoriya böyiça beriladigan pul miqdori 12 million şved kronasiga ($1,2 mln) oşirildi. Nobel jamğarmasi tegişli qarorni qabul qildi.
Taşkilotning aniqlik kiritişiça, mukofot miqdori har bir nominatsiyada 1 million şved kronasiga ($100 ming) oşgan. Oxirgi 15 yil içida mukofot miqdori bir neça bor özgartrilgan, jumladan, kamaytirilgan ham edi.
Uşbu qaror Nobel mukofotining 125 yilligiga bağişlangan. Mukofotlar ilk bor 1901 yilda topşirilgan. 2012 yilda jamğarma moliyani mustahkamlaş dasturi doirasida pul tölovini qisqartirgan, şundan söng uni bir neça bor oşirgan. 2026 yilgi laureatlarning nomlari 5 oktyabrdan 12 oktyabrgaça bölgan oraliqda elon qilinadi.
Nobel mukofotlari şved ixtiroçisi va tadbirkori Alfred Nobel vasiyatiga köra tasis etilgan. Ular beşta sohada: fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot va tinçlikni mustahkamlaş yönalişlarida beriladi. Alfred Nobel xotirasiga bağişlangan iqtisodiy fanlar böyiça alohida mukofotni esa 1968 yilda Şvetsiya Banki tasis etgan bölib, u ilk bor 1969 yilda topşirilgan.
2025 yilda töliq Nobel mukofoti miqdori 11 million şved kronasini ($1,17 mln atrofida) taşkil etgan. 2026 yilda uşbu mukofotga 287 ta nomzod – 208 nafar şaxs va 79 ta taşkilot ilgari surilgan.