Prezident öqituvçi va murabbiylarga mukofotlarni topşirdi
Bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari barça ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yoş avlod tarbiyasidagi örni haqida söz yuritgan.

“Öqituvçi – mehr daryosi, öqituvçi – ezgulik buloği, öqituvçi – marifat quyoşi!” deydi Prezident.

Bugun suniy intellekt bilim oliş va mehnat qiliş usullarini özgartirmoqda. Biroq heç bir texnologiya bolaning qalbiga ustoz kabi yöl topib, unga vatanga muhabbat va masuliyat tuyğusini singdira olmaydi. Şu manoda, davlat rahbari umrini yoşlar kamolotiga bağişlagan pedagoglarga minnatdorlik bildirgan.

Uçraşuvda talim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhiga davlat mukofotlari topşirilgan. Mukofotlanganlar orasida ustozlar bilan birga talim rivojiga hissa qöşayotgan tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar ham bor. Şuningdek, talimning barça böğinlaridagi ilğor pedagoglar uçun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini tasis etiş, uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida taqdirlaş taklif qilingan.

Prezident talimni rivojlantiriş Yangi Özbekistonni barpo etişning eng muhim böğini ekanini takidlagan. Keyingi ön yilda 1 million 800 ming örinli boğçalar va 1,5 million örinli maktablar barpo etilgan, 10 mingdan ziyod talim muassasasi zamonaviy körinişga keltirilgan. Ayni paytda talimda binolardan ham muhimroq masala – öqitiş mazmuni va sifati ekani qayd etilgan.

“Biz bolalarimizni paxta dalasidan – maktab partasiga, öqituvçilarni – talim jarayoniga qaytardik”, deydi davlat rahbari.

Şu maqsadda 2018 yildan yangi avlod darsliklarini yaratiş boşlangan. Xorijiy tajriba örganilib, 8-sinfgaça bölgan darsliklar yangilangan. Birgina joriy yilda 400 nafardan ziyod mutaxassis iştirokida 324 ta darslik qayta işlangan. Ular bolalarda milliy qadriyatlar, tabiatga masuliyatli munosabat, raqamli va moliyaviy savodxonlik bilan birga mustaqil hamda tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan. 2030 yilga qadar yuqori sinflar uçun darsliklarni yangilaş işlari ham yakunlanadi.

Islohotlar natijasi öquvçilarning yutuqlarida namoyon bölmoqda. PISA reytingida 15 yoşli öquvçilar tabiiy fanlar böyiça 32 poğona yuqorilab, 48-örinni egallagan. Şu yilning özida yoşlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medalga sazovor bölgan. Maktab davridayoq xorijiy til va fanlardan sertifikat olgan öquvçilar soni 100 ming nafarga yetgan.

Pedagoglarni qöllab-quvvatlaş ham öz samarasini bermoqda. Xalqaro va milliy sertifikatga ega öqituvçilar soni beş yilda 29 mingdan 143 mingga oşgan, maktablarda öqituvçi yetişmasligi uç barobar kamaygan. Bugun 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maoş olmoqda. “Yil öqituvçisi” tanlovi boğça tarbiyaçilari va texnikum ustalarini ham qamrab olişi taklif etilgan.

Kelgusi vazifalarga töxtalar ekan, Prezident maktab bitiruvçisi katta hayotga kasb va xorijiy tilni egallab çiqişi zarurligini takidlagan. Maktab direktorlariga bu borada qöşimça vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlar uçun şaroit yaratiladi. Yoşlarni maktabdanoq kasbga tayyorlaş va talim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni taminlaş böyiça komissiya tuzilib, uç oy içida yangi yeçimlar elon qilinadi.

Iqtisodiyotning texnologik rivoji uçun matematika, fizika, kimyo va biologiyani çuqur öqitişga alohida etibor qaratiladi. Öquvçilar soni 25 nafardan oşgan sinflarda uşbu fanlar ikki guruhga bölib öqitiladi. Milliy sertifikatga ega öqituvçilarga 50 foiz ustama tölanadi, har yili 208 ta tuman va şahardagi yetakçi muallimlarga mukofot beriladi, ming nafar pedagog xorijda stajirovka ötaydi. Olimpiada ğoliblarini tayyorlagan ustozlar töğridan-töğri oliy toifaga ega böladi.

Boşlanğiç sinflar uçun ham fan olimpiadalari yölga qöyiladi. Kelasi yildan 4-sinflar örtasidagi tanlov ğoliblari kompyuter, ularning ustozlari esa bosqiçiga qarab pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi. Yangi öquv yilidan 100 ta maktabda matematika, informatika va tabiiy fanlar ayrim sinflarda töliq ingliz tilida öqitiladi. Uşbu loyiha öqituvçilari va maktabga tayyorlov guruhi pedagoglariga 100 foiz ustama belgilanadi.

Maktablar faoliyatini baholaş uçun “sifat indeksi” joriy etiladi. Talim natijalari va pedagoglar salohiyatiga qarab muassasalar toifalarga ajratiladi. Ilğor maktablar öz tajribasi orqali boşqalarning ham yuqori toifaga ötişiga kömaklaşsa, ularning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi. Öqituvçilar malakasini oşirişda esa majburiy bir oylik kurslar örniga kasbiy rivojlaniş vauçerlari beriladi. Pedagoglar öz natijasiga qarab 18 soatdan 72 soatgaça bölgan öquvni mustaqil tanlaydi.

Öquvçi örinlariga talab ortib borayotgani munosabati bilan xususiy maktablarni qöllab-quvvatlaş çoralari ham elon qilingan. Öquv yuklamasi yuqori 52 ta tumanda ularni taşkil etiş uçun imtiyozli kredit va subsidiya ajratiladi. Böş turgan davlat binolari xususiy maktablarga ön yilga bepul ijaraga beriladi, xalqaro akkreditatsiya xarajatining yarmi qoplanadi. Farzandi xususiy maktabda öqiydigan ota-onalar uçun soliq olinmaydigan daromad çegarasi ikki barobar oşiriladi.

Alohida ehtiyojga ega bolalarning tengdoşlari bilan bir muhitda öqişiga ham etibor kuçaytiriladi. Ikki yilda inklyuziv şaroit yaratilgan maktablar soni qariyb beş barobarga oşib, 3 ming 591 taga yetgan. Toşkentda iş boşlagan köp funktsional inklyuziv resurs maktabi tajribasi yil oxirigaça Xorazm, Jizzax va Samarqand viloyatlarida, kelgusi ikki yilda esa barça hududlarda joriy etiladi.

Maktabgaça talimda boğça bolaning qobiliyati kaşf etiladigan maskanga aylanişi zarurligi takidlangan. Ilğor xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan, öyin orqali talim berişga qaratilgan dastur böyiça 180 ming tarbiyaçi va pedagog öqitilmoqda. Yil yakuniga qadar dastur 38 mingdan ortiq boğçaning barçasiga kiritiladi. Toşkentda UNESCO şafeligidagi mintaqaviy markaz va Italiyaning Rejjio Emiliya markazi faoliyati yölga qöyilgan. Davlat boğçalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş uç yillik dastur asosida amalga oşiriladi.

Işli onalarni qöllab-quvvatlaş uçun kelasi yil 1 yanvardan 2–3 yoşli farzandini oilaviy boğçaga bergan ayollarning badal puli byudjetdan qoplanadi. Tarbiyaçilarga işlab turib oliy malumot oliş imkoniyati kengaytiriladi. Kelasi öquv yilidan ular uçun pedagogika oliygohlarida öqiş muddati tört yildan uç yilga qisqaradi; boğçada kamida beş yil işlagan tarbiyaçi yordamçilari ham bundan foydalana oladi.

Kasbiy talimda sönggi ikki yilda 104 ta texnikumga xalqaro dasturlar joriy etilgan. Texnikumlarning 25 ming korxona bilan hamkorligi 100 mingdan ziyod yoşga öqiş bilan bir vaqtda daromad topiş imkonini bergan. Dual talimda kasb örganayotganlarga 1 million 300 ming sömgaça stipendiya tölanmoqda. Kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega ustalarga 50 foiz ustama beriladi, har yili 500 nafar usta xorijda stajirovka ötaydi.

Ilk bor ötkazilgan “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasb tanlovida 170 ming öquvçi iştirok etgan. Tanlov har yili ötkaziladi, eng munosib iştirokçilar 2028 yilda Tokiodagi kasblar böyiça jahon çempionatiga tayyorlanadi. Xususiy texnikumlar taşkil etiş uçun soliq va yer böyiça imtiyozlar beriladi. Muhim sohalarga kadr tayyorlaydigan bunday muassasalar öquvçilarining yarmi davlat granti bilan qamrab olinadi, xalqaro dasturlarni olib keliş va laboratoriyalarni jihozlaş qöllab-quvvatlanadi.

Oliy talim haqida söz borar ekan, mamlakatda talabalar soni 1 million 600 mingga yetgani, yettita oliygoh 17 ta fan böyiça xalqaro reytinglarga kirgani qayd etilgan. Şu bilan birga, Prezident universitetlardagi darsliklar mazmuni va mutaxassislar tayyorlaş sifati bugungi talabga töliq javob bermayotganini tanqid qilgan. Muhandislik va tibbiyot oliygohlari zamonaviy yönalişlar böyiça yangi öquv adabiyotlarini yaratiş, ilğor xorijiy kitoblarni tarjima va moslaştiriş işlarini kuçaytirişi zarur.

Rektorlarning talim sifati va natijasi uçun masuliyati oşiriladi. Davlat universitetlari kuzatuv kengaşlari azolarining uçdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan şakllantiriladi. Kengaşlar öquv dasturlarini mehnat bozori talablari asosida qayta körib çiqadi, har yili kamida 50 ta darslik yaratadi. Bitiruv işlari va ilmiy tadqiqotlar iqtisodiyot tarmoqlarining amaliy masalalariga qaratiladi.
Oliygohlarda xalqaro standartlarga asoslangan, dunyoda tan olinadigan milliy dasturlarni kengaytiriş vazifasi qöyilgan. Inxa va Arxitektura universitetlari tajribasi kelasi yildan yana 20 ta oliygohda joriy etiladi. Buning uçun ularning boşqaruv tizimi moslaştirilib, xalqaro dasturlar bilan işlaydigan alohida tuzilmalar taşkil etiladi.
Uçraşuvda oliy talimda “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida dual talimni rivojlantiriş böyiça imzolangan qaror ham muhokama qilingan. Tizim kelasi yildan 75 ta, 2028 yildan barça oliygohlarda yölga qöyiladi. Korxonalar öz ehtiyojiga mos nomzodlarni öqitiş uçun buyurtma beradi, ular suhbat asosida qabul qilinadi. Işga olingan talabaga tölangan maoşning yarmini davlat qoplaydi; iş va öqişda yaxşi natija körsatgan yoşlar ikkinçi kursdan davlat granti asosida öqiydi.
Şuningdek, korxonadan talabaga biriktirilgan ustozlar rağbatlantiriladi, zarur hollarda talabaning ijara xarajati qoplanadi. Dual talimni namunali taşkil etgan oliygohlar va hamkor korxonalarga mukofot beriladi. Oliygoh olgan mukofotning yarmi bu işga hissa qöşgan pedagoglar jamoasiga yönaltiriladi.
Davlat rahbari dunyoning eng kuçli 300 universiteti filiallarini mamlakatga jalb etiş vazifasini ham belgilagan. Nufuzli universitetlar franşizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya, jihoz, brend va kampus bilan boğliq xarajatlarining bir qismi qoplanadi. Muhandislik, qişloq va suv xöjaligi, energetika, suniy intellekt hamda tibbiyot yönalişlariga ustuvorlik beriladi.
Uçraşuv davomida pedagoglarning taklif va taşabbuslari tinglangan. Yakunda Prezident ustozlarni yana bir bor kasb bayrami bilan tabriklab, ularga şogirdlari yutuği, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamişa hamroh bölişini tilagan.
“Ustozni ezozlaş – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini ezozlaş deganidir”, deydi davlat rahbari.