Özbekistonda kömir qaçon va qayerda sotiladi?
Joriy yilda “Özbekkömir” AJ tomonidan aholi uçun 1 mln 530 ming tonna mahalliy kömir yetkazib berilişi rejalaştirilgan. Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari uçun birja savdolari amalga oşirilgan bölib, endi kömir sotuvi mycoal.uz platformasi orqali taşkil etiladi. Aholi röyxatini şakllantiriş işlari davom etmoqda va barça rasmiy malumotlar şu platforma orqali elon qilinadi. Bu haqda “Özbekkömir” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilda aholi ehtiyojlari uçun “Özbekkömir” AJ tomonidan 1 mln 530 ming tonna mahalliy kömir yetkazib berilişi rejalaştirilgan. Ayni paytda mahsulotni hududlar kesimida taqsimlaş va birja savdolariga çiqariş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Xususan, Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari aholisi ehtiyojlari uçun birja savdolariga çiqarilgan mahalliy kömirning dastlabki partiyalari xususiy tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan. Hozirda şartnoma rasmiylaştiriş hamda kömirni belgilangan hududlarga yetkazib beriş işlari amalga oşirilmoqda.
Kömir tegişli omborlarga yetkazilgaç, uning aholiga sotuvi tadbirkorlar tomonidan mycoal.uz elektron platformasi orqali taşkil etiladi. Sotuv boşlanadigan sana, ombor manzili, mavjud kömir miqdori va boşqa zarur malumotlar mycoal.uz platformasida hududlar kesimida oçiq elon qilib boriladi. Şu sababli aholidan kömir sotuvi bilan boğliq malumotlarni faqat rasmiy axborot manbalari va mycoal.uz platformasi orqali oliş söraladi.
Ayni vaqtda hududlarda xonadonlar röyxatini şakllantiriş va aholi ehtiyojlarini aniqlaş işlari davom etmoqda. Xonadonlar ehtiyojini qisqa muddatlarda töliq şakllantiriş kömirni hududlarga samarali taqsimlaş va aholiga öz vaqtida yetkazib berişning muhim şarti hisoblanadi.
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholi ehtiyojlari uçun tasdiqlangan balans doirasidagi mahalliy kömirni belgilangan tartibda birja savdolariga çiqariş, savdolarda ğolib bölgan tadbirkorlarga öz vaqtida ortiş va hududlarga yetkazib beriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça zarur çoralar körilmoqda.
Korxona aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida oçiqlik, şaffoflik va tezkor axborot beriş tamoyillariga amal qiladi hamda jarayonning borişi böyiça jamoatçilikka muntazam malumot taqdim etib boradi.