Rossiyada oğir jarohat olgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
Rossiyaning janubida mehnat faoliyati davomida oğir jarohat olgan özbekistonlik fuqaro D.U. mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, sodir bölgan baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli tan jarohatlarini olib, hududdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan va u yerda unga zarur muolajalar körsatilgan. Şu bilan birga, uning Özbekistonga qaytariş masalasi Boş konsulxona hamda Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi hamkorligida tezkorlik bilan işlab çiqilgan.
“D.U.ning soğliği va şifokorlarning tavsiyalaridan kelib çiqqan holda, uni tibbiy evakuatsiya qiliş çoralari körildi. Fuqaroni kuzatib boriş uçun Özbekistondan maxsus ikki nafar tibbiyot mutaxassisi yetib keldi va ular parvoz davomida zarur tibbiy nazoratni taminladi“, deyiladi xabarda.
Malum qilinişiça, barça taşkiliy tadbirlar amalga oşirilgaç, fuqaro şifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi – Toşkent aviareysi orqali Özbekistonga kuzatib qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulligi kömagida oğir ahvolga tuşib qolgan ona uç nafar farzandi bilan Turkiyadan Özbekistonga jönatilgandi.