USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada vabo xavfi: Özbekiston öta xavfli kasallikka qarşi tayyorgarlikni kuçaytirdi

179 марта
Россияда вабо хавфи: Ўзбекистон ўта хавфли касалликка қарши тайёргарликни кучайтирди

Avvalroq, Rossiyaning Irkutsk viloyatida 27 yoşli ayol vabodan ölgani aytilayotgani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda rostdan ham holat qayd etilgani haqida malumotlar tarqalganidan söng Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Özbekistonda tegişli xizmatlarning tayyorgarligi kuçaytirilganini malum qildi.

Qayd etilişiça, hozirda Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralari hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining rasmiy manbalari orqali vaziyat muntazam ravişda kuzatib borilmoqda. Xususan, kasallik taşxisining laboratoriyada tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagani, ehtimoliy yuqiş manbai va yöllari, bemorning harakatlaniş yönalişi hamda u bilan muloqotda bölgan şaxslarga oid malumotlar örganilmoqda.

“Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi hududiga öta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça tegişli xizmatlarning tayyorgarligi kuçaytirilgan”, deyiladi qömita xabarida.

Şuningdek, qömita epidemiologik vaziyatda özgariş yuz bergan taqdirda jamoatçilikka belgilangan tartibda qöşimça axborot taqdim etilişini qayd etgan.

Malumot uçun, vabo (çolera) – ingiçka içakning zararlanişi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning oğirlaşuvi va organizmning suvsizlanişi bilan davom etadigan ötkir infektsion öta xavfli içak kasalliklaridan biri. Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik Vabo vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki turga ajratiladi. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygaça, muzda bir neça oy, ariqlarda bir neça kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir neça oy, axlat çuqurlarida 3 oygaça, içki kiyimlarda 2 oy, qum-tuproqda bir neça oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yoğda bir oygaça, kartoşkada 2 haftagaça, höl mevada bir neça kungaça tirik qolişi mumkin. Dezinfektsiyalovçi moddalar vibrionni tez öldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez öladi. Vabo vibrioni bemorning axlati, qusuği, bazan peşobi bilan taşqariga çiqadi. Vibrionlar tuşgan suv va oziq-ovqatni istemol qiliş natijasida mazkur kasallik yuqişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Rossiyada mutaxassislar vafot etgan bemor bilan aloqada bölgan jami 197 kişini aniqlagan. Ulardan 189 nafari profilaktik kuzatuv uçun şifoxonaga yotqizilgan, yana sakkiz kişi hozirça karantindan taşqarida qolmoqda. Şu bilan birga, hokimiyat organlari aniqlangan muloqotda bölgan şaxslarda kasallik belgilari yöqligini va laboratoriya tadqiqotlari natijalari manfiy çiqqanini xabar qilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: