“Özbekiston poçtasi” xususiylaştirilib, 100 mlrd söm qarz oldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Özbekiston poçtasi” aktsiyadorlik jamiyati xususiylaştirilgani va kompaniya tomonidan 100 milliard söm miqdorida qarz olingani haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu xabarlar yuzasidan Davlat xaridlarini boşqariş agentligi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, jamiyat ustav kapitalidagi davlat taşkilotlari, korxonalar va tijorat banklariga tegişli aktsiyalar paketi, yani 92,9 foiz davlat uluşi Davlat aktivlari agentligiga töliq ötkazilgan.
“Wildberries” va “Uzum market” kabi yirik kompaniyalar tomonidan uşbu uluşni sotib oliş böyiça qiziqiş bildirilgan, lekin bugungi kunda davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça heç qanday hujjat rasmiylaştirilmagan.
Bildirilişiça, “Özbekiston poçtasi” aktsiyadorlik jamiyati hozirda murakkab moliyaviy va transformatsiya bosqiçini boşdan keçirmoqda. Sönggi uç yilda sof foyda örtaça 800 million söm, rentabellik darajasi esa 0,2 foizni taşkil etgan. Joriy yilning 6 oylik yakunlari böyiça tuşum 313,6 milliard sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga kamaygan.
Bundan taşqari, asosiy daromad manbalaridan biri bölgan yöl harakati qoidalari buzilganligi töğrisidagi qarorlarni poçta orqali yetkazib beriş xizmati joriy yilning 16 may kunidan töxtatilgan. Uşbu xizmat töxtaşi oqibatida 9 oy yakunlari böyiça 1,7 milliard söm miqdorida zarar körilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, bank qarzdorligi 45,3 milliard sömni taşkil etmoqda.
“Bugungi kunda elektron tijorat (E-commerce) bozorining şiddatli rivojlanişi poçta infratuzilmasini tubdan modernizatsiya qilişni talab etmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, modernizatsiya va raqamlaştiriş loyihalarini amalga oşiriş uçun 300 milliard sömdan ortiq mablağ zarur. Uşbu mablağ doirasida yuk avtotransporti va elektr transport vositasini sotib oliş, saralaş markazi hamda IT-infratuzilmani yangilaş, qöşimça poçtamatlarni örnatiş va aloqa obektlarini tamirlaş kabi çora-tadbirlar közda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Jamiyatga zamonaviy boşqaruv modellarini joriy etiş hamda investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida mamlakatdagi yirik marketpleys kompaniyalaridan biri bölgan “WB INT EXPORT” MÇJ bilan hamkorlik qiliş közda tutilgan. Muzokaralar davomida uşbu kompaniya Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasida 100 milliard söm miqdorida qarz mablağini taqdim etişga tayyorligini bildirgan.
Mazkur bitim qonunçilikka köra yirik bitim hisoblangani bois aktsiyadorlar umumiy yiğilişi kun tartibiga kiritilgan. Biroq foiz stavkalari, qarz miqdori va qaytariş grafigi böyiça yakuniy kelişuvga erişilmaganligi sababli aktsiyadorlarning 2026 yil 21 sentyabrdagi navbatdan taşqari umumiy yiğilişida bu masalada qaror qabul qilinmagan. Şu bois, jamiyat tomonidan 100 milliard söm qarz olingani haqidagi xabarlar asossiz. Qarz şartlari töliq aniqlaştirilgaç, masala qayta körib çiqilişi mumkin.
Qayd etilişiça, “WB INT EXPORT” MÇJ vakillarining “Özbekiston poçtasi” AJ Kuzatuv kengaşiga jalb etilişidan asosiy maqsad zamonaviy korporativ boşqaruv tizimini joriy qiliş hamda jalb qilinişi közda tutilgan investitsiya mablağlarining maqsadli işlatilişini nazorat qilişdan iborat.