Obid Hakimov Saida Mirziyoyevaga örinbosar böldi
Bugun, 3 oktyabr kuni Obid Arziquloviç Hakimov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining talimni isloh qiliş böyiça örinbosari hamda örindoşlik asosida “Yangi Özbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli farmonni imzoladi.
U yangi lavozimga tayinlangani munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uçun, Hakimov 1977 yilda Termiz şahrida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent moliya institutini, 2000 yilda Vanderbilt universiteti (AQŞ) va 2006 yilda Midl Tennessi davlat universitetini (AQŞ) tamomlagan.
Öz vaqtida u Toşkentdagi Vestminster xalqaro universitetida iqtisodiyot masalalari böyiça prorektor va Davlat boşqaruvi akademiyasida prorektor bölib işlagan. 2017-2018 yillarda Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati sektor mudiri bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoni va qarori bilan Ilhom Tohiroviç Sirojev Özbekiston Respublikasi talim va ilm-fan vazirining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining talimni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimidan ozod etilgan edi.