USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Özbeklar işi” doirasida qamalib, oqlangan general-mayor Talat Sattorov vafot etdi

309 марта
“Ўзбеклар иши” доирасида қамалиб, оқланган генерал-майор Талъат Сатторов вафот этди

1986 yilda Gdlyan boşçiligidagi tergov guruhining “Paxta işi” ayblovlari doirasida qamalib, qariyb 3 yil panjara ortida ötirgan va keyinçalik oqlangan general-mayor Talat Sattorov 71 yoşida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Malumot uçun, Talat Sattorov 1955 yil 10 sentyabrda Samarqand şahrida tuğildi. Otasi Subhon ota quriliş taşkilotida rahbarlik lavozimida işlagan. Onasi Munavvara aya öqituvçi bölgan. 1972 yilda u örta maktabni alo baholar bilan tugatib, yigitlik burçini ötab qaytgan.  Şundan söng Talat Sattorov yoşlar taşkilotining yöllanmasi bilan Toşkent şahar IIB Jinoyat qidiruv bölimida oddiy militsioner vazifasida faoliyatini boşlagan. Qariyb uç yil davomida uşbu sohaning sir-asrorlarini örgangan. 

Keyinroq IIV Toşkent Oliy maktabining kunduzgi bölimiga öqişga kirib, 1982 yil mazkur talim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Toşkent şahar IIB JQBda, 1983 yildan esa IIV Transport boşqarmasida va içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmatlarida faoliyatini davom ettirgan.

U Gdlyan boşçiligidagi tergov guruhining soxta böhtonlari ortidan 1986 yil hibsga olinib, umrining qariyb uç yilini qamoqda ötkazgan. Keyinroq gdlyançilar tomonidan qöyilgan soxta ayblov işi Oliy sud tomonidan körib çiqilib, unga nisbatan oqlov hukmi çiqarilgan. Talat Sattorovga yetkazilgan moddiy va manaviy zarar töliq undirilib, Oliy sudning ajrimi bilan u içki işlar organlariga xizmatga tiklangan.
 
U 1995-1997 yillarda Sirdaryo tumani IIB boşliği, 1997-1998 yillarda esa viloyat IIB boşliğining birinçi örinbosari bölib işlagan. Keyinçalik Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Farğona viloyatlari IIB boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2005 yilda unga köp yillik samarali xizmati, fidoyiligi va taşabbuskorligi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan II darajali “Şon-şaraf” ordeni va 2010 yilda “general mayor” maxsus unvoni berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: