Abrorjon Pölatov yangi lavozimga tayinlandi
Bugun, 5 oktyabr kuni Abrorjon Pölatov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegişli farmoyişni imzoladi.
Malumot uçun, Abrorjon Pölatov 1986 yil 12 fevralda Farğona viloyatida tuğilgan. 2006 yil Toşkent islom universitetining huquqşunoslik fakultetini, 2008 yil ÖzMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori. U bundan oldin Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boş direktori lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Obid Hakimov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining talimni isloh qiliş böyiça örinbosari hamda örindoşlik asosida “Yangi Özbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.