Surxondaryoda toş köçişi oqibatida yöl tösilib qoldi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida avtomobil yöliga toğ jinslari köçib tuşdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va transport vositalariga zarar yetgani qayd etilmagan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, bugun, 24 oktyabr kuni soat 03:30 atrofida tuman hududidan ötuvçi 75V040 avtomobil yölining 21–22-kilometrlari oraliğida toğ jinslari köçişi sodir bölgan.
Hodisa joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari, Yöllardan foydalaniş davlat muassasasi işçilari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Tezkor çoralar natijasida soat 07:30 ga qadar yöl toğ jinslaridan töliq tozalangan.
Hozirda yölning qatnov qismi töliq oçilgan va transport vositalarining harakati tiklangan.
Masullar haydovçilarni toğli hududlarda harakatlanişda ehtiyotkor bölişga, yöl belgilari hamda xavfsizlik talablariga qatiy rioya qilişga çaqirgan.