Tezkor-qidiruv departamentiga yangi boshliq tayinlandi
Bugun, 28 oktyabr kuni Mirmansur Mirshohidovich Mirhamidov O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig'i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli qarorni imzoladi.
Malumot uchun, Mirmansur Mirhamidov bungacha Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.
2025 yilning mart oyida Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig'i polkovnik Shavkat Rahmonov ishdan olingani haqida xabar bergan edi. Uning o'rniga esa polkovnik Ayubxon Toshxo'jayevich Rahmatullayev O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Joriy yilning yanvar oyida Botir Qudratxo'jayev Ayubxon Rahmatullayev o'rnini egalladi. 12 oktyatbr kuni esa u O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.