Endi tadbirkorlar örnatgan radarlar ham kamar taqmaganlarni aniqlaydi
2026 yil 1 noyabrdan tadbirkorlar tomonidan örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatini aniqlaşga ruxsat beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 oktyabrdagi “Yöl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 596-son qarorida belgilangan.
Qaror bilan yöl harakati qoidalari buzilişini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Yangi tartibga köra, tadbirkorlar örnatgan radarlar haydovçilarning transport vositasini boşqariş va yölovçilar taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmasligini ham qayd etişi mumkin.
Bunda tizim umumiy texnik talablarga javob berişi lozim. Xususan, xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalari buzilgan holatlar böyiça “Mamuriy amaliyot” moduliga quyidagi malumotlarni avtomatik ravişda uzatiş imkoniyati bölişi kerak:
- metrologik qiyoslaş guvohnomasining raqami va amal qiliş muddati;
- qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
- qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari.
Şuningdek, elektr tarmoğida uzilişlar yuz berganda tizim faoliyatini 8 soatdan kam bölmagan vaqt davomida taminlaydigan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan bölişi şart.
Foto va video qayd etiş tizimi orqali xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik holatini qayd etişda haydovçining yuz körinişi hamda xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmagani yuqori sifatli fotosuratlarda aks ettirilişi şart.