Bugundan Xorazmda radarlar işlay boşlagan bölsa, jarima yoziladimi?
13-12-2025, 21:15
1 346 марта
Bugundan Xorazmda radarlar işlay boşlagan bölsa, jarima yoziladimi?Yöq, jarima yozilmaydi.
Amaldagi tartibga köra, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari örnatilgandan söng 10 kun davomida sinov (test) rejimida işlaydi. Uşbu davr mobaynida radarlar orqali qayd etilgan yöl harakati qoidabuzarliklari uçun jarima undirilmaydi.
Qoidalarning 2-bobi, 9-bandiga muvofiq, radarlar “Mamuriy amaliyot” moduliga integratsiya qilinganidan keyin ham, sinov tariqasida amal qilgan 10 kunlik muddat davomida qayd etilgan qoidabuzarliklar böyiça haydovçilarga moliyaviy jazo çorasi qöllanilmaydi.
Mazkur sinov davrining asosiy maqsadi:
• uskunalarning texnik holatini tekşiriş;
• dasturiy taminotni sozlaş;
• malumotlar uzatişdagi kamçiliklarni aniqlaş;
• tizimning barqaror işlaşini taminlaşdan iborat.
Şu sababli, agar Xorazm viloyatida radarlar bugundan işga tuşirilgan bölsa, dastlabki 10 kun mobaynida ular faqat test rejimida işlaydi va bu vaqt içida qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun jarima yozilmaydi.