Endi yöllardagi kameralar ham jarima ballari hisoblaydi
27-10-2025, 14:13
438 марта

Endi yöllardagi kameralar ham jarima ballari hisoblaydi
Özbekistonda 2026 yil 1 apreldan boşlab foto va videokameralar orqali aniqlangan qöpol qoidabuzarliklar uçun jarima ballari yozilişi boşlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 oktyabrdagi 676-son qarorida keltirilgan.Qarorga köra, 2026 yil 1 apreldan boşlab yöl harakati xavfsizligini taminlaş hamda yöllarda ölim holatlarining oldini oliş maqsadida maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uçun jarima ballari hisoblanadi.
Bunda jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda işonçnoma, suğurta polisi, yöl varaqasi orqali foydalanuvçi boşqa haydovçilarga taqsimlanadi.