USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qilişni taklif etdi

20 марта
Шавкат Мирзиёев “Туркий дунё – 100” дастурини қабул қилишни таклиф этди

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar örtasida yuzta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvçi “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qilişni taklif qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisi bugun, 30 oktyabr kuni Anqara şahrida bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining yiğilişida söz oçdi.

Özbekiston rahbari öz nutqining avvalida mazkur yiğiliş buyuk tsivilizatsiyalar çorrahasida joylaşgan Anqarada yuksak saviyada taşkil etilgani uçun Turkiya Prezidentiga minnatdorlik bildirgan. 

Şuningdek, tadbir arafasida sölim “Beştepa” boğida davlatlarning milliy-madaniy majmuasi oçilişi qardoş xalqlarning muştarak merosini asrab-avaylaşda muhim qadam bölgani va bu ramziy yodgorlik turkiy dunyo birligining yorqin timsoliga aylanişi qayd etilgan.

Prezident bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimi tubdan özgarib, geosiyosiy raqobat keskinlaşayotganini, turkiy dunyo atrofidagi mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyatlar xavfsizlik va taraqqiyot istiqbollariga salbiy tasir körsatayotganini takidlagan.

Şu bois, Turkiy davlatlar taşkilotini özaro işonç va amaliy şeriklik maydoni sifatida yanada jipslaştiriş zarurligiga etibor qaratgan.

“Barçamiz uşbu ezgu yölda yakdilmiz va öz kuç-ğayratimizni turkiy birdamlik uçun safarbar etişga tayyormiz”, deydi Özbekiston yetakçisi.

Davlat rahbari turkiy davlatlar örtasida hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş yuzasidan qator muhim taşabbuslarni ilgari surgan.

Taşkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar ötkaziş, yondaşuv va say-harakatlarni muvofiqlaştiriş muhim. Şu maqsadda uçinçi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar taşkiloti plyus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklif etilgan.

“Uşbu muloqotlar savdo, transport, investitsiya va boşqa ustuvor yönalişlarda aniq qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilişi lozim”, deya takidlaydi Şavkat Mirziyoyev.

Yuzta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvçi, jumladan, nodir minerallarni qayta işlaş va “yaşil” energetika uskunalarini mahalliylaştirişga qaratilgan “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qiliş taklif qilingan. Uşbu loyihalarga Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar resurslarini yönaltiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Şuningdek, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş uçun “Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnoma hamda huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaşişga möljallangan raqamli platformani taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surilgan.

Global taminot zanjirlari özgarayotgan hozirgi şaroitda turkiy davlatlarning geografik örni va tranzit imkoniyatlari tobora strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Örta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantiriş maqsadida “Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni taşkil etiş va birgalikda boşqariş taklif qilingan. Bu xalqaro yuk taşiş va logistikada davlatlarimizning iştirokini kengaytiriş hamda iqtisodiy manfaatdorlikni oşiriş imkonini beradi.

Turizm salohiyatini kengaytiriş uçun esa “Turkiy turizm alyansi”ni tuziş, şuningdek, aholining özaro safarlarini soddalaştiriş va ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiruvçi köp tomonlama bitim işlab çiqiş taklif etilgan.

Özbekistonda xorijlik yoşlar uçun tasis etilgan “Yangi Özbekiston stipendiyasi” doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili talim grantlari ajratilişi bildirilgan.

Şuningdek, 2027 yilni “Tabiatni asraş yili” deb elon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik izhor qilindi hamda Özbekiston taklifi bilan tasis etilgan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning Qozoğistonda xizmat körsatgan sanat arbobi, elçi Dyusen Kaseinovga topşirilgani mamnuniyat bilan etirof etilgan.

Butun umrini turkiy til ravnaqiga bağişlagan hazrat Alişer Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga etiborsiz”, deb takidlagan. Bugungi sammit şioridan kelib çiqib, barça turkiy xalqlar uçun birdek tuşunarli bölgan va tillardagi muştarak sözlarni jamlaydigan “Umumturkiy sözlar luğati”ni yaratiş taşabbusi ilgari surilgan.

“Işonçim komilki, bugungi Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik ğoyamiz va uluğvor rejalarimizga erişiş yölida muhim qadam böladi. Zero, barçamizning orzu-istaklarimiz va intilişlarimiz muştarak. Biz bir bölsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bölsak, yanada yuksak marralarga albatta erişamiz”, deydi davlat rahbari öz nutqi yakunida.

Tadbirda taşkilotning yangi Boş kotibi lavozimiga Özbekiston vakili Mirvohid Azimov nomzodi qöllab-quvvatlangani, şuningdek, navbatdagi sammit kelgusi yili Özbekistonda ötkazilişi malum qilingan.

Yakunda Anqara deklaratsiyasi hamda taşkilotga azo mamlakatlar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: