Hujjatlarni asossiz yaşirgan mansabdorlar işdan olindi
Özbekistonda hujjatlarni asossiz yaşirgan mansabdor şaxslar va hokimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, natijasi böyiça 3 nafar rahbar xodim işdan böşatildi, 2 nafariga “xayfsan” intizomiy jazo çoralari qöllanildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot kotibi Şerzod Saparov malum qildi.
Tahlillarga köra, 2026 yilning 9 oyida mahalliy hokimliklar tomonidan jami 128 174 ta hujjat qabul qilingan bölib, şundan 90 859 tasi yoki 71 foizi oçiqlangan, 37,315 tasi yoki 29 foizi “yaşirilgan” yoki XDFU grifi asosida qabul qilingan.
Bö körsatkiç yopiq hujjatlar kölami ötgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamayganini körsatadi.
Agentlik tomonidan “E-qaror” tizimida “yaşirilgan” maqomda qabul qilingan hujjatlar monitoring qilinganida, ularning 771 tasi asossiz yaşirilganligi aniqlanib, ularni oçiqlaş böyiça hokimliklarga 53 ta taqdimnoma kiritilib, mazkur hujjatlarning oçiqlanişi taminlangan.
Bildirilişiça, agentlik taqdimnomalari asosida mazkur hujjatlarni asossiz yaşirgan mansabdor şaxslar va hokimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, natijasi böyiça 3 nafar rahbar xodim işdan böşatilgan, 2 nafariga “xayfsan” intizomiy jazo çoralari qöllanilib, 96 nafari intizomiy javobgarlikka tortilişi haqida rasman ogohlantirilgan.