USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oliygohlarda “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatmaganlar darsga kiritilmayotgani aytilmoqda

66 марта
Олийгоҳларда “Хавфсиз талаба” иловасини ўрнатмаганлар дарсга киритилмаётгани айтилмоқда

Özbekistonning bir neçta oliy talim muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani aytilmoqda.

 

Jumladan, Toşkent davlat yuridik universiteti talabalaridan biri hozirça ilovani örnatiş majburiy qilinmaganini, biroq mamuriyat tomonidan uni yuklab oliş söralayotganini bildirgan. Boşqa bir talaba esa universitetda ilovani örnatmaganlar röyxati şakllantirilişi va ularga tanbeh berilişi haqida gap-sözlar tarqalayotganini yozgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri esa ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini malum qilgan. Uning yozişiça, ilovani örnatiş jarayonida ayrim talabalar darsga keçikkan va ularga davomat böyiça “NB” qöyilgan. Şuningdek, dars vaqtida dekan, dekan örinbosarlari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmagan talabalarni turişga majbur qilayotgani, rad javobini berganlarga tanbeh berilayotgani aytilgan.

Bundan taşqari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi ikki haftadan beri universitet kiriş joyida talabalar turli APK ilovalarini örnatişga undayotganini yozgan. Uning bildirişiça, avval ham “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talabi qöyilgan.

Talabalar murojaatlarida ilovaning maqsadi va uni örnatiş zarurati yetarliça tuşuntirilmayotgani, xavfsizlikni taminlaş istagi talabalarni majburlaş orqali emas, tuşuntiriş işlari bilan amalga oşirilişi kerakligi takidlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Bildirilişiça, vazirlik rahbariyati uşbu masalani tezkor örganiş böyiça körsatma bergan. Ayni paytda işçi guruh holatni örganişni boşlagan.

Şuningdek, vazirlik talim jarayonining uzluksizligi va talabalarning talim oliş huquqi taminlanişi şartligini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida ötkazilgan bitiruv tadbirida talabalar va ularning ota-onalari zalga kiritilmagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Holat yuzasidan Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: