USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bugun insonlar yaxşi uxlay olmasligiga nima sabab bölmoqda?

543 марта

Zamonning yaşirin kasalligi hisoblangan uxlay olmaslik dardiga qanday yeçim topiş mumkinligiga javob berildi.

Tun jimjit. Soatlar tongga qarab siljiydi. Kimdir şiftga tikilgança yotadi, yana kimdir yostiğini burab-burab uxlay olmasdan öylanadi. Kimdir esa qöy sanab tinçlik izlaydi. Bugun insoniyatning eng oğir muammolaridan biri – uyqusizlik tobora çuqur ildiz otmoqda.

Ertalab çalingan budilnikdan keyin çarçagan holda uyğonayotgan, butun kunini qahva bilan ötkazayotgan millionlab odamlar “Nega uxlay olmayapman?” degan savolga javob izlamoqda.
Barçani qiziqtirgan uşbu savolga Turkiyaning Marmara universiteti Pen Talim va Tadqiqot kasalxonasi Nevrologiya bölimi professori Dr. Kadriye A javob berdi.


Uyqusizlik qanday aniqlanadi?
Ağaning aytişiça, inson “uyqusizlik” taşxisini olişidan oldin bir neça muhim mezonlar mavjud: agar haftada kamida 3 kun, 3 oy davomida uxlaşda muammo bölayotgan bölsa, bu holat tibbiy aralaşuvni talab qiladigan “insomniya” hisoblanadi. Ayniqsa, ayollar va keksalar orasida bu holat keng tarqalgan.
Bugungi kunda tavsiya etilayotgan uyqu miqdori – 7-8 soat. Afsuski, asrlarda bu körsatkiç pasayib, insonlar örtaça 6,8 soat uxlamoqda. “Kam uxlagan odam töliq soğlom işlay olmaydi”, – deydi professor.
Uxlay olmaslik sabablari stressmi, kasallikmi, yoki özimizmi?
Şifokorning takidlaşiça, uyqusizlikning sabablari turliça şaklda namoyon böladi. Xususan, stress, bezovtalik, depressiya – birinçi navbatda, Yurak, endokrin, ovqat hazm qiliş muammolari, şuningdek, saraton yoki psixik kasalliklar ham bunga sabab bölişi mumkin.
Ayniqsa, “parkinson”, dementsiya, epilepsiya kabi nevrologik holatlar uyquga salbiy tasir qiladi. Vardiya usulida işlaydiganlar, tungi smenadagi xodimlar ham muntazam uyqusizlikdan şikoyat qilişadi.
Uyqu gigiyenasi – çorasiz muammoning oddiy yeçimi
“Buning möjizaviy tabletkasi yöq,” – deydi professor A. Biroq u uyqu gigiyenasiga qatiy rioya qiliş zarurligini takidlaydi.
Yotoq xonasi faqat uyqu uçun bölişi kerak – televizor, kompyuter bölmasligi lozim. Yotişdan oldin oğir ovqatlanmaslik kerak, xona – sokin, qoronği va qulay haroratda bölişi zarur, yotoqda ovqatlaniş yoki ekran qarşisida uxlaş qatiyan man etiladi.
Şuningdek, şifokor yotişdan oldin iliq duş, tinçlantiruvçi musiqa yoki kitob öqiş kabi kundalik uyqu odatlari (ritual) yaratişni tavsiya qiladi.
Kofeinsiz hayot
Uyqu muammosidan aziyat çekayotganlarga quyidagi maslahatlar beriladi:
Kunduzgi uxlab oliş 20 daqiqadan oşmasin, aks holda tungi uyquga salbiy tasir qiladi.
Kofeinli içimliklar (qahva, çoy, kola va boşqalar) tuşdan keyin içilmasligi lozim.
Keçqurun imkon qadar dam olişga yönaltirilgan faoliyatlar tanlang.
Qaçon şifokorga murojaat qiliş kerak?
Agar yuqoridagi tavsiyalarga qaramay uyqu bilan boğliq muammolar davom etsa, mutaxassisga murojaat qiliş zarur. Çunki bazan uyqusizlik yengil körinişi mumkin bölsa-da, uning ortida jiddiy tibbiy muammolar yaşiringan bölişi mumkin. Zarur bölsa, dori-darmon yoki psixoterapevtik davolaş yöllari bilan muammo hal qilinadi.
Zamonaviy inson har narsani hisoblaydi, rejalaştiradi, işlaydi. Ammo eng zarur bölganini – uyquni unutmoqda. Ammo şuni esdan çiqarmasligimiz kerak: soğlom uyqu – soğlom hayotning asosi. Uxlaşni emas, uyqu sifatini örganing. Şundagina tonglar soğlom, kunlar samarali böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: