USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olov tez, yordam sekin: Xorazmdagi eski maşinalar kimni asrab qoladi?

1 176 марта
Xorazm viloyatida hayotni asraşga masul bölgan tez yordam va öt öçiriş xizmatlari hozirça zamonaviylaşiş poygasida ortda qolmoqda. Yangi maşinalar Içki işlar bölimlariga ajratilayotgani haqida köp gapiriladi. Ammo fuqaro xavfsizligi, uning hayoti, uning farzandlarini asraş bilan boğliq tizimlarda texnik qayta qurollaniş hali ham orzudagidek emas.

Yonğin kelsa, maşina harakatlana olmaydi


Boğot tumanida xizmat qilayotgan öt öçiriş avtomobilini körgan insonda “bu texnika bilan qanday qilib yonğinga boriş mumkin?” degan savol öz-özidan paydo böladi. Yölda harakatlanişi oğir, tezligi past, texnik holati esa xavotirli. Agar yonğin bölsa, bu maşina jonni saqlaydimi yoki faqat yonğin joyiga keçikib yetib, qiziquvçilarni yiğadimi?

Yonğin – daqiqalarni emas, soniyalarni sanaydi. Olov qanday tez tarqalişini hamma biladi. Ammo unga qarşi kuraşuvçi maşinalar hali ham 20 yil oldingi holatda. Qaynoq vaziyatda sovuq texnikaning keragi yöq.

Tez yordam ham tez emas


Ahvol tez yordam xizmatida ham şundan farq qilmaydi. Qişloq tumanlarda yuradigan bazi “tez yordam” maşinalari bugungi standartlarga javob bermaydi. Eski karkas, nosoz konditsioner, avariya holatida himoya vositalari yöq, köp hollarda GPS navigatsiya ham mavjud emas. Şuni tassavur qiling — yurak xurujini boşidan keçirayotgan bemorga şu maşinalar boryapti. Ular borgunça esa, hayot ketyapti…

Masullar “reja bor” deyişadi… lekin vaqt kutmaydi

Sörovlarimizga javoban mahalliy hokimiyat va masul idoralar “jahon talablariga mos yangi maşinalar olib kelinadi, reja bor” deyişadi. Ammo bu gaplar neça yildan beri aytilayapti? Bu “reja” qaysi yilda jismonlaşadi? Axir bir neçta hayotni saqlab qoliş uçun maşinani ertaga emas, bugun yangilaş kerak!

Sönggi söz örnida: texnika emas, inson hayoti ustuvor bölsin

Bugun Xorazmda bir farzand yonğindan yoki keçikkan yordamdan jabr körar ekan, bu nafaqat texnika, balki tizimning aybi hisoblanadi. Yangi maşinalar bilan “köz körinadi”, lekin xalqning köngli faqat şovqin bilan emas, haqiqiy iş bilan tinçiydi.

Olov tez. Yordam ham tez bölsin. Eski texnikadan emas, yangi islohotdan umid qilaylik.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: