Markaziy Osiyoda ilk bor suniy yomğir yoğdiriladi
15-05-2026, 20:10
329 марта

Markaziy Osiyoda ilk bor suniy yomğir yoğdiriladi
Qozoğistonda suv tanqisligi muammosini hal qiliş maqsadida suniy yomğir loyihasi işga tuşiriladi. Bu haqda bugun, 15 may kuni Qosim-Jomart Töqayev BMTning Butunjahon meteorologiya taşkiloti rahbari Abdulla Al-Mandus bilan uçraşuvi çoğida malum qildi.Qozoğiston Markaziy Osiyodagi suniy yomğir texnologiyalarini amaliyotda qöllaşga ötgan birinçi davlat böladi. Loyihani töliq işga tuşirişjoriy yil 17 mayga rejalaştirilgan.
HozirdaTurkiston viloyatida BAA Milliy meteorologiya markazi bilan hamkorlikda yoğingarçilikni suniy çaqiriş loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihaning maqsadi – suv omborlaridagi suv miqdorini oşiriş hamda qişloq xöjaligi hududlarini suv resurslari bilan taminlaşdir.
Suniy yomğir yoğdirişda bulutlarga kumuş yodid, tuz yoki quruq muz kabi moddalar sepiladi. Bu moddalar suv tomçilarining bir-biriga yopişib, kattalaşişiga yordam beradi. Şundan söng, bulut içidagi juda mayda suv tomçilari oğirlaşib, yomğir yoki qor şaklida yerga tuşadi.