Kosmik data-markaz: Mask AI1 SI suniy yöldoşi tafsilotlarini oçiqladi
10-06-2026, 06:10
44 марта

Kosmik data-markaz: Mask AI1 SI suniy yöldoşi tafsilotlarini oçiqladi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask global orbital data-markaz uçun kosmik apparatning ilk versiyasiga aylanuvçi AI1 suniy yöldoşining texnik tafsilotlarini oşkor qildi. Bu haqda kompaniya taqdimotiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.Qayd etilişiça, SpaceX kompaniyasi orbitada suniy intellekt manfaatlari yölidagi hisoblaşlar uçun möljallangan 1 million dona ixtisoslaştirilgan suniy yöldoşlar tarmoğini joylaştirişni rejalaştirmoqda. AI1 apparatlari Nvidia çiplari va uzunligi 70 metrga yetadigan ulkan quyoş panellari bilan jihozlanadi. Foydali yukning örtaça hisoblaş quvvati 120 kVtni taşkil etadi, pik quvvati esa 150 kVtga yetadi.
Yangi apparatlarni işlab çiqariş uçun kompaniya Texasdagi işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirmoqda. Quyoş panellarini işlab çiqaruvçi yangi Gigasat zavodi 400 gektar yer maydonida 1 million kvadrat metrdan ortiq joyni egallaydi.
Bundan ham keng kölamli bölgan Terafab korxonasi esa 9 million 300 ming kvadrat metr maydonda qad rostlaydi, bu Tesla’ning Ostindagi gigafabrikasi ölçamidan taxminan 10 baravar kattadir. Loyiha uçun yer maydonlari Vayomingdagi affillangan tuzilma tomonidan sotib olinmoqda.
Orbital data-markazlarning yaratilişi SpaceX kompaniyasining birjaga çiqiş (IPO) rejalarini tezlaştirmoqda. Bölajak IPO jahon tarixidagi eng yirigi bölişi kutilmoqda. Korporatsiya suniy intellekt işlanmalari bilan şuğullanuvçi Anthropic va Google kompaniyalari bilan bölajak kosmik serverlarning hisoblaş quvvatlaridan foydalaniş huquqini sotiş böyiça dastlabki şartnomalarni imzolagan.
Kosmik infratuzilma hamda malumotlarni qayta işlaşning yuqori texnologiyali sektorlari rivojlanişi butun global xizmat körsatiş sohasi va raqamli iqtisodiyot uçun kuçli katalizator bölib xizmat qiladi. Bu IT-bozorini diversifikatsiya qiliş imkonini beradi, yerdagi serverlarning mintaqaviy energetik inqirozlarga qaramligini kamaytiradi va örta muddatli istiqbolda yuqori texnologiyali investitsiyalarni global miqyosda qayta taqsimlaş uçun zamin yaratadi.