Xorazmda 2024 yilda neça nafar şaxs korruptsiya uçun javobgarlikka tortilgani aytildi
19-09-2025, 12:18
358 марта
Xorazmda 2024 yilda 157 nafar şaxs korruptsiya uçun javobgarlikka tortildiÖtgan yil davomida Özbekiston böylab 7 354 nafar şaxs korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun sud oldiga olib çiqildi. Bu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 819 nafarga köpdir.
Şuningdek, malum qilinişiça, javobgarlikka tortilganlarning atigi 20 foiziga — 1 525 nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şu bilan birga, 265 nafar şaxsga umuman jazo tayinlanmagan.
Jazo turlari kesimida esa:
▪️ 2 991 nafarga axloq tuzatiş işlari,
▪️ 1 080 nafarga ozodlikni çeklaş,
▪️ 1 121 nafarga jarima,
▪️ 7 nafarga majburiy jamoat işlari,
▪️ 5 nafarga muayyan huquqdan mahrum qiliş,
▪️ 62 nafarga şartli hukm,
▪️ 86 nafarga jazodan ozod qiliş,
▪️ 212 nafarga nisbatan jinoyat işi tugatiş haqida qaror çiqarilgan.
📊 Hududlar kesimida eng köp sudlanganlar Andijon (882 nafar), Namangan (877 nafar) va Qaşqadaryo (695 nafar) viloyatlariga töğri keldi.
Xorazm viloyatida esa ötgan yil davomida 157 nafar şaxs korruptsiya bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlikka tortildi.
Bu raqamlar mamlakatda korruptsiyaga qarşi kuraşişda sud-huquq tizimi oldida hali katta vazifalar turganini körsatmoqda.