Mobiuz Qoraqalpoğiston va Xorazmda texnik modernizatsiyani davom ettirmoqda
Mobiuz mobil aloqa operatori mamlakatimizning ğarbiy hududlarida 130 dan ortiq 4G LTE tayanç stantsiyasini işga tuşirdi va internet tezligini oşirdi.
Internet tezligi böyiça yetakçilik
2025-yilda Mobiuz Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida mobil internet tezligi va aloqa tarmoqlarining barqarorligi böyiça yetakçi deb tan olingandi . Bu uşbu hududlarda amalga oşirilgan keng kölamli texnik modernizatsiyaning natijasi böldi.
Bu yil ham Mobiuz uşbu yönalişdagi investitsiya loyihalarini davom ettirmoqda. 2026-yilning birinçi yarmida Qoraqalpoğiston va Xorazmning şahar va tumanlarida 130 dan ortiq yangi 4G LTE tayanç stantsiyasi işga tuşirildi.
Ötkazuvçanlik qobiliyati 50 foizga oşdi
Işlarning muhim yönalişlaridan biri radioçastotalarni refarming qiliş, yani qayta taqsimlaş böldi. Hozirgi paytda dunyo operatorlari eskirgan GSM (2G) standartidan bosqiçma-bosqiç voz keçmoqda. Ular çastota resursini zamonaviyroq texnologiyalarga böşatib bermoqda. Mobiuz ham xuddi şu yönalişda harakat qilmoqda. Bu yil Özbekistonning ğarbiy hududlarida qisman GSM'ga xizmat qilib kelgan 1800 MGts çastota resursi 4G LTE'ga ötkazildi.
Natija hozirdan sezilarli bölmoqda. Aynan 1800 MGts diapazonida ötkazuvçanlik qobiliyati Xorazm viloyatida 42 foizga, Qoraqalpoğiston Respublikasida esa 50 foizga oşdi. Şu bilan birga radioresurslarga tuşgan yuklama kamaydi, xizmat körsatilayotgan trafik hajmi esa barqaror qoldi. Abonentlar xuddi şu çastotada ança yuqori tezlikka ega böldi.
Energiya barqarorligiga alohida etibor qaratilmoqda. Ikki hududda 90 dan ortiq yangi zaxira quvvat akkumulyatori örnatildi, yana 20 dan ortiği – amaldagi asosiy boğlab turuvçi tayanç stantsiyalarga örnatildi. Bu elektr taminoti uzilgan taqdirda ham, hatto bir neça soat davomida tarmoqlarning barqaror işlaşini taminlaşga yordam beradi.
Internetdan foydalaniş hajmi ortmoqda
Amalga oşirilgan barça işlar, şuningdek Mobiuz tariflari va xizmatlari imkoniyatlarining kengayişi tufayli abonentlar mobil internetdan köproq foydalana boşladi. Ötgan yil oxiriga nisbatan bu körsatkiç Qoraqalpoğiston Respublikasida 17 foizga, Xorazm viloyatida esa 10 foizga oşdi.
Bu şuni anglatadiki, ikki hududdagi abonentlar yarim yil oldingiga nisbatan ança köp mobil internetdan foydalanmoqda: köproq video tomoşa qilişmoqda va yuklab olişmoqda, tez-tez video-qönğiroq qilişmoqda, onlayn resurslarning barça imkoniyatlaridan foydalanişmoqda.
Mobiuz tarmoqlarini Özbekiston böylab texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qiliş loyihalari davom etmoqda. Avvalroq kompaniya Farğona vodiysida olib borilayotgan işlar haqida ham malumot bergan edi .