Toşkent şahri va viloyatida internetdan foydalaniş rekord darajaga yetdi
Mobiuz mobil aloqa operatori Toşkent şahri va Toşkent viloyatida tarmoqlarini rivojlantirişda davom etmoqda. Kompaniya 400 dan ortiq 4G LTE tayanç stantsiyasini işga tuşirdi.
Mobiuz Özbekistonning barça hududlaridagi texnik rivojlaniş haqidagi materiallar turkumini davom ettirmoqda. Farğona vodiysi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatiga oid avvalgi materiallar bilan pr.mobi.uz saytida tanişişingiz mumkin.
Rekord darajadagi internet-trafik
2026 yilning 6 oyi davomida Mobiuz’ning Toşkent şahri va butun Toşkent viloyatidagi abonentlari 186,6 million gigabayt internet sarfladi.
Qiyoslaydigan bölsak, bu hajm 4K sifatidagi 26,6 millionta filmni onlayn tomoşa qilişga yoki 21 000 yil davomida uzluksiz videoqönğiroq qilişga yetarli bölar edi.
Bir neça yil avval bunday körsatkiçlar fantastikadek tuyulardi. Ammo yillar ötgani sayin abonentlarning internetga bölgan ehtiyoji doimiy ravişda ösib bormoqda.
Işonçli qamrovga ega joylar köpaymoqda
2026 yilning birinçi yarmida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 400 dan ortiq yangi LTE tayanç stantsiyasi işga tuşirildi. Poytaxtning Qöyliq, Sergeli, Çilonzor, Ibn Sino, Qorasuv, TTZ, Yunusobod, Olimpiya, Qoraqamiş kabi mavzelarida va önlab boşqa manzillarda qamrov yaxşilandi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, Xalqaro aeroport, "Bektöpi", "Eski Juva", "Mirobod Dehqon Bozori" bozorlari, "Taşkent Index" sanoat biznes-parki, "Çilonzor" savdo markazi, "Çiğatoy" savdo köngiloçar markazi kabi ijtimoiy ahamiyatga molik hududlarda aloqa sifatini yaxşilaşga alohida etibor qaratildi.
Modernizatsiya natijalari
Toşkent viloyatida ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. 2025 yilning ikkinçi yarmida viloyatning bir qator tuman va şaharlarida (SWAP loyihasi böyiça) tarmoqlar töliq modernizatsiya qilingandi. Natijada ularning ötkazuvçanlik qobiliyati 90 foizga oşdi.
2026 yilning birinçi yarmida aloqa va internet sifatini yanada yaxşilaş işlari davom ettirildi. Natijada joriy yilning olti oyi mobaynida abonentlar tomonidan foydalanilgan internet-trafik örtaça 28,5 foizga ösdi.
Yangi tayanç stantsiyalari nafaqat Toşkent viloyatining şahar va tumanlarida, balki Xöjakent, Xumson, Ğazalkent, Burçmulla, Sijjak, Beldirsoy kabi maşhur sayyohlik maskanlarida ham örnatildi.
Har bir hudud – etiborda
Abonentlar tarmoq qanday qurilayotgani va rivojlanayotganini deyarli körmaydi. Ammo ular buni his qiladi: video tezroq yuklanadi, suhbatdoşning ovozi tiniqroq eşitiladi, avvallari aloqa uzilib-uzilib işlaydigan joylarda ham internet barqaror böladi.
Mobiuz texnik mutaxassislari tomonidan Özbekistonning barça hududlarida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning mohiyati ham aynan şunda.