Huawei’ning PowerStar tizimi Ucell tarmoğining energiya samaradorligini oşirmoqda
Huawei kompaniyasi va Ucell mobil operatori tayanç stantsiyalarning energiya istemolini optimallaştiriş uçun intellektual PowerStar tizimini işga tuşirganini elon qildi. Mazkur loyiha Ucell kompaniyasining energiya samaradorligi yuqori va ekologik barqaror telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Telekommunikatsiya uskunalari işlab çiqaruvçisi Huawei va Özbekistonning yirik mobil operatorlaridan biri bölgan Ucell kompaniyasi operator tarmoqlarida intellektual energiya tejaş tizimi – PowerStar işga tuşirilganini elon qildi. Uşbu qadam Ucell kompaniyasining Özbekistonda yanada barqaror va energiya samaradorligi yuqori telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratiş yölidagi say-harakatlarini yanada mustahkamlaydi.
(39).png.jpg)
PowerStar real vaqt rejimida tarmoq yuklamasini tahlil qiladi va radio tarmoq iş parametrlarini moslaştiradi. Abonentlar faolligi past bölgan davrlarda tizim uskunalarning bir qismini energiya tejaş rejimiga ötkazadi. Tarmoq texnologiyasi va konfiguratsiyasiga qarab, bu jarayon taşuvçi çastotalarni dinamik ravişda öçiriş, uzatiş quvvatini kamaytiriş, radio modullar işini optimallaştiriş, şuningdek, ortiqça resurslardan vaqtinça foydalanişni çeklaşni öz içiga olişi mumkin. PowerStar algoritmlari qamrov sifati, tarmoq yuklamasi va foydalanuvçi tajribasiga qöyiladigan talablarni hisobga oladi. Bu esa aloqa sifati va xizmatlarning mavjudligini saqlagan holda energiya istemolini kamaytiriş imkonini beradi. Yuklama belgilangan çegaraga yetganda, tizim avtomatik ravişda tarmoqni energiya tejaş rejimidan çiqaradi va uning barqaror hamda uzluksiz işlaşini taminlaydi.
PowerStar tizimini işga tuşirişning asosiy natijasi – tarmoq energiya sarfining sezilarli darajada kamayişi böldi. 2026 yil may oyida Toşkentdagi 5G tarmoğida PowerStar tizimining faollaştirilişi energiya istemolini 15 foizdan ortiq kamaytiriş imkonini berdi. Umuman olganda, Ucell tarmoğida Huawei uskunalari asosida energiya tejamkorligi örtaça 4 foizga yetmoqda. Mazkur funktsionallik butun tarmoq böylab kengaytirilganda, har oyda qariyb 200 ming kVt soat elektr energiyasini tejaş imkoniyati yaratiladi. Bu esa elektr energiyasi xarajatlarini kamaytiriş, CO₂ çiqindilarini qisqartiriş va atrof-muhitga tuşadigan yuklamani kamaytirişga bevosita xizmat qiladi.
“Yaşil AKT yeçimlarini tadqiq qiliş va işlab çiqiş kompaniyamizning strategik ustuvor yönalişlaridan biridir. “Yaşil” rivojlaniş barça sohalar uçun aniq yönalişga aylanayotgan bir paytda, raqamlaştiriş va dekarbonizatsiya jarayonlarining uyğunlaşuvi barqaror kelajak sari yaqinlaşişimizga yordam beradi. Telekom operatorlari uçun energiya samaradorligi yuqori bölgan yeçimlarni taqdim etiş orqali, biz telekommunikatsiya sohasida çiqindilarni kamaytiriş va şu bilan birga operatsion samaradorlikni oşirişda kömaklaşmoqdamiz. Barqaror aloqa tarmoqlarini birgalikda yaratiş esa atrof-muhitga tuşadigan yuklamani kamaytirişga xizmat qiladi”, dedi Huawei kompaniyasining Özbekistondagi direktori Tan Syaosyan.
“Texnologik yetakçilik strategiyamizga amal qilgan holda, Ucell nafaqat ilğor, balki energiya samaradorligi yuqori bölgan texnologiyalarni joriy etiş böyiça loyihalarni amalga oşirişda davom etmoqda. PowerStar yeçimi abonentlarimizga taqdim etilayotgan xizmatlar qiymatini yanada oşiriş, şuningdek, butun Özbekiston böylab telekommunikatsiya tarmoqlarining barqarorligi va ekologik samaradorligini yaxşilaş imkonini beradi”, dedi Ucell boş direktori Andrey Şişkovskiy.
PowerStar energiya samaradorligi yuqori va ekologik barqaror telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş strategiyasining muhim elementlaridan biri bölib, texnologik taraqqiyot va resurslardan masuliyatli foydalaniş örtasidagi muvozanatni taminlaydi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi mamlakatdagi aloqa operatorlarining barqaror va ekologik toza faoliyatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, bu Ucell kompaniyasining abonentlari uçun aloqa sifatini oşiriş maqsadida tarmoqlarni doimiy modernizatsiya qiliş hamda Özbekistonda “yaşil” taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga intilayotganining navbatdagi tasdiğidir.