Özbekistonda davlat organlari “yaşil reyting” asosida baholanadi
1-06-2026, 14:31
54 марта

Özbekistonda davlat organlari “yaşil reyting” asosida baholanadi
Özbekistonda respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatining ekologik samaradorligini baholaş böyiça yangi reyting tizimi joriy etilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasida nazarda tutilgan.Hujjatga köra, reyting tizimi davlat xizmatçilari örtasida resurslardan oqilona foydalaniş, energiya tejamkorligi va atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan ekologik madaniyatni şakllantiriş maqsadida joriy etiladi. Bunda vazirliklar, idoralar va hokimliklar faoliyatining natijalari asosida maxsus “yaşil reyting” böyiça baholanadi.
Reytingni şakllantiriş va yuritiş bilan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi şuğullanadi. Natijalar har yili qömitaning rasmiy veb-sayti hamda maxsus taşkil etiladigan greencities.uz oçiq elektron platformasida elon qilinadi.
Loyihaga muvofiq, davlat idoralarida qator “yaşil” taşabbuslar amalga oşirilişi közda tutilgan. Jumladan:
- “Yaşil ofis” tamoyillarini joriy etiş;
- qoğoz sarfini qisqartiriş va elektron hujjat aylanmasini kengaytiriş;
- quyoş panellari kabi qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş;
- yaşil hududlar maydonini kamida ikki baravar oşiriş;
- binolarda energiya tejovçi va “aqlli boşqaruv” texnologiyalarini tatbiq etiş;
- çiqindilarni saralaş tizimini joriy qiliş;
- velosipedda işga keliş uçun şaroit yaratiş;
- suv va elektr energiyasini tejovçi uskunalardan foydalaniş.
Reyting har yili yil yakuni böyiça bir neçta yönalişlar asosida baholanadi. Ular qatoriga tabiiy resurslardan foydalaniş samaradorligi, suv va energiya tejamkorligi, yer resurslaridan oqilona foydalaniş, çiqindilarni boşqariş, havo va suv ifloslanişini kamaytiriş, “yaşil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etiş, ekologik tarğibot va raqamlaştiriş kabi mezonlar kiradi.
Baholaş natijalari uç toifaga ajratiladi:
- 60–100 ball – yuqori samaradorlik;
- 40–59 ball – örtaça samaradorlik;
- 39 balldan past – past samaradorlik.
Qaror loyihasiga köra, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ekologiya qömitasi 2027 yil 1 yanvarga qadar greencities.uz platformasini işga tuşirişi hamda uni davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilişi lozim böladi.