Özbekistonda 14 ta “yaşil” texnikum oçiladi
31-03-2026, 22:40
199 марта

Özbekistonda 14 ta “yaşil” texnikum oçiladi
Özbekistonda 2026-2027 yillar davomida 14 ta “yaşil” texnikum faoliyati yölga qöyiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 25 mart kuni qabul qilingan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik talim, ilm-fan va tarğibotni jadallaştirişga oid kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida söz boradi.Quyidagilar uşbu qarorni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib belgilangan:
- 2026-2027 yillar davomida respublikaning har bir hududida örta böğin kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yaşil” texnikumlar faoliyatini yölga qöyiş;
- 2030 yilgaça respublikaning har bir hududidagi “yaşil” texnikumlarda 10 000 nafar örta böğin kadrlarini tayyorlaş uçun ekologik talim va ilmni yanada rivojlantiriş.
- 2026–2028 yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargaça yetkaziş.
“Yaşil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxşilaş va talim sifatini oşiriş maqsadida ular Kasbiy talim agentligi bilan kelişuv asosida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universitetiga biriktiriladi.
Şuningdek, “yaşil” texnikumlarda Ekostipendiya tasis etiladi.
Qarorga köra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti hamda “yaşil” texnikumlar talim tizimining uzviyligini taminlaş maqsadida 2026/2027 öquv yilidan boşlab:
- “yaşil” texnikumlarda talim jarayoni universitet tomonidan işlab çiqiladigan va Kasbiy talim agentligi tasdiqlaydigan talim dasturlari asosida taşkil etiladi;
- “yaşil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari universitet tomonidan belgilanadi;
- universitetning 1-bosqiçida öqitiladigan mutaxassislik fanlari “yaşil” texnikumlarning 2-bosqiç öquv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi;
- “yaşil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan V2 darajaga ega bölgan bitiruvçilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar örtaça qiymatidan (GPA) kelib çiqib, bakalavriatning 2-bosqiçidan öqişni davom ettirişga ruxsat beriladi;
- “yaşil” texnikumlarda Ekostipendiya tasis etiladi va har yili 10 nafargaça iqtidorli öquvçilarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan miqdorda stipendiya tölanadi.