USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda yöl haqi 2 500 söm bölişi iqtisodiy jihatdan qançalik asosli?

60 марта
Тошкентда йўл ҳақи 2 500 сўм бўлиши иқтисодий жиҳатдан қанчалик асосли?

Toşkent şahrida jamoat transporti narxini oşiriş böyiça taklif etilgan loyiha odamlar orasida keng muhokama qilinmoqda. Unga köra, karta orqali tölov 1 700 sömdan 2 500 sömga çiqişi, naqd tölov esa 3 000 sömligiça qolişi mumkin. Bu özgarişning sabablari va u yölovçilarga nima berişi haqida bir qança muhim omillar mavjud.

Hozirgi 1 700 sömlik tarif 2023 yil noyabr oyidan beri özgargani yöq. Şu vaqt içida poytaxt transporti tizimi ança kengaydi: avtobuslar soni 1 900 taga yetdi, bekatlarda kutiş vaqti esa 15 daqiqagaça qisqardi. Hozir kuniga 2,5 millionga yaqin yölovçi taşilmoqda. Albatta, bunday katta tizimni işlatiş, avtobuslarni soz holatda uşlab turiş, yonilği va işçilar maoşi uçun katta mablağ talab etiladi. Bundan taşqari, oxirgi paytda elektr energiyasi narxi 900 sömdan 1100 sömga (22,2 foizga), AYoQŞlardagi gaz esa 1800 sömdan 2750 sömga (yani 52,7 foizga) qimmatlaşdi. Amaldagi tarif bu xarajatlarni umuman yopmayapti, şu sababli zararning katta qismi davlat byudjeti hisobidan tölanyapti. Taqqoslaş uçun, qöşni Olmaotada yöl haqi bizning pulda qariyb 3 100 söm, Bakuda esa 4 200 sömni taşkil qiladi.

Transport vazirligining malum qilişiça, tarifning özgarişi şunçaki narxni kötariş emas, balki xizmat sifatini oşiriş bilan bevosita boğliq. Agar loyiha qabul qilinsa, taşuvçi kompaniyalar oldiga juda qattiq talablar qöyiladi. Avtobuslarning vaqtida kelişi, salonlar tozaligi, yölovçilar xavfsizligi va haydovçilarning muomala madaniyati qatiy nazorat qilinadi. Har kuni jamoat transportidan foydalanadigan odamlarga oğir bölmasligi uçun esa yangi arzonroq abonementlar va bitta avtobusdan boşqasiga ötganda kamroq tölaydigan (almaşiş) tariflari taklif etilmoqda.

Şuni alohida takidlaş kerakki, bu hali yakuniy qaror emas. Loyiha 19 sentyabrgaça xalq muhokamasida böladi va kelib tuşgan barça takliflar asosida qayta körib çiqiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: