Ozon Özbekistonda öz omborini oçmoqda: bepul saqlaş va yangi tariflar
Toşkent, 16-sentyabr, 2026 yil – Ozon özining Özbekistondagi ilk fulfilment markazining işga tuşirilişi haqida elon qiladi. Toşkent şahrida umumiy maydoni 7 000 kvadrat metrdan ortiq maydondagi logistika majmuasi buyurtmalarni töliq tsiklli qayta işlaşni – tovarlarni qabul qilişdan boşlab yetkazmalarni şakllantirişgaça taminlaydi. Endi Özbekistondagi sotuvçilar öz tovarlarini marketpleys omborlarida saqlaşlari mumkin bölib, bu Özbekiston böylab yetkaziş muddatini maksimal darajada qisqartirişga va tadbirkorlarning xarajatlarini kamaytirişga yordam beradi. Uning asosiy afzalligi esa – omborda tovarlarni saqlaş mutlaqo bepul.

Yangi işlaş modeli – FBO
Yangi omborning oçilişi Özbekistondagi tadbirkorlar uçun marketpleysda yangi FBO (Fulfillment-by-Ozon) modeli böyiça işlaş imkoniyatini beradi. Unga köra, sotuvçi tovarni Ozon omboriga berib yuboradi, undan keyingi buyurtmalarni qayta işlaş va yetkazib berişni esa platforma öz zimmasiga oladi. Tadbirkor endi özi omborni ijaraga olişi hamda qadoqlaş materiallariga pul sarflaşi kerak emas, çunki bularning barçasini Ozon bajaradi. Yangi fulfilment markazida 500 mingdan ortiq tovarni saqlaş imkoniyati mavjud.

Boşlanğiç bosqiçda obekt bir sutkada 10 mingtagaça buyurtmani yoki oyiga örtaça 300 mingta buyurtmani qayta işlaş quvvatiga ega böladi. Tovarlarni Ozon omboriga yetkaziş uçun sotuvçi özi uçun qulay bölgan variantlardan birini tanlaşi kifoya: mustaqil tarzda omborga olib keliş, yaqin atrofdagi Ozon buyurtmalarni topşiriş punktiga yoki Toşkentda “Malika” bozoridagi qabul qiliş punktiga yetkaziş mumkin.
Sotuvçilar uçun şartlar
FBO modelida sotiş uçun tariflar tovar toifasiga qarab 3% dan, logistika narxi esa tovarning narxi va hajmiga qarab bir donasi uçun 1 736 sömdan boşlanadi. Buning ustiga, omborda saqlaş xizmati 2027 yil 1 sentyabr sanasiga qadar mutlaqo bepul. Buyurtmani qayta işlaş, sönggi milya va ekvayring kabi xarajatlar ham alohida tariflanmay, tadbirkorlarning çiqimlarini sezilarli darajada tejaşga yordam beradi. Natijada, 10 000 000 sömlik smartfonni sotganligi uçun tadbirkor atigi 305 000 söm tölaydi.

“Toşkentdagi fulfilment markazini işga tuşiriş orqali Ozon Özbekistonda rivojlanişining yangi bosqiçini boşlab bermoqda: endi sotuvçilar tovarlarini nafaqat bizning saralaş markazimiz orqali yuborişlari, balki fulfilment markazining barça afzalliklarini öz içiga olgan marketpleys omborida saqlaşlari ham mumkin. Biz mahalliy biznes uçun onlayn savdolar sodda, oson va samarali bölişiga bosqiçma-bosqiç öz hissamizni qöşib kelmoqdamiz – bunda ombor işga tuşirildi, foydali tariflar taklif qilinmoqda hamda işlaş şaroitlari mahalliylaştirilmoqda. Mazkur say-harakatlar tadbirkorlarning Özbekistonda ham, MDH miqyosidagi eng katta Rossiya bozorida ham işonç bilan rivojlanişi uçun amalga oşirilmoqda”, – deydi Natalya Boyer, Ozon MDH rahbari.
FBS uçun tariflarni 3% ga pasayişi
Ozon Özbekistonda FBS (tovarlarni sotuvçining öz omborlarida saqlaşi) modeli böyiça işlaydigan sotuvçilar uçun tariflarni ham yangiladi. Örta hisobda ular barça toifalar uçun 3% ga kamaydi, Özbekiston böylab logistika narxi esa deyarli 1,5 marotaba arzonlaşdi.
Sotişni qanday boşlaş mumkin
Özbekistonlik tadbirkorlar savdo maydonida işlaş uçun xohlagan modelni tanlaşi va sotişni boşlaşi mumkin. Buning uçun kompaniyaning Özbekistondagi yuridik şaxsi bilan şartnoma imzolaş kerak böladi. Sotuvçilar öz daromadlarini Özbekistondagi istalgan bankdagi hisoblariga yeçib oliş imkoniyatiga ega. Sömdagi tölovlar savdodan söng har 3 kunda amalga oşiriladi va yeçib oliş uçun qöşimça tölov talab etilmaydi. Muntazam savdolarda tölovni har kuni oliş mumkin (dam oliş va bayram kunlaridan taşqari). Özbekistonlik tadbirkorlar öz tovarlarini ham mamlakat içida, ham Rossiyaga sota oladilar.

Ozon Özbekiston bozoriga 2023 yilda kirib keldi. 2025 yilda kompaniyaning mamlakatimizdagi savdo aylanmasi ötgan yilga nisbatan 4 barobar oşdi, ayni şu davr mobaynida faol xaridorlar soni esa 3,5 martaga köpaydi. Kompaniyaning Özbekistondagi logistika imkoniyatlari, yangi ombordan taşqari, Toşkent şahridagi saralaş markazini ham öz içiga oladi. Şuningdek, kompaniya buyurtma topşiriş punktlari tarmoğini ham faol rivojlantirib kelmoqda

Ozon – rivojlangan logistika tarmoğiga ega multi toifali marketpleys. Kompaniya Qozoğiston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirğiziston, Özbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston hamda Xitoy va Turkiyada öz faoliyatini olib bormoqda.
Savdo platformasida kitob va kiyim-keçakdan tortib, oziq-ovqat hamda salomatlik mahsulotlarigaça bölgan 20 dan ortiq toifadagi 400 milliondan ortiq tovar nomlari taqdim etilgan. Ozon’ning keng rivojlangan logistika infratuzilmasi 69,2 milliondan ortiq faol xaridorlarga öz buyurtmalarini olişiga, 750 mingdan ortiq tadbirkorga esa öz tovarlarini Rossiya va MDH mamlakatlarida sotişiga imkon yaratadi.