Ukrainaning “sevimli“ nişoni: Ozon yana hujumga uçradi
Bugun, 11 sentyabr kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Saratov şahridagi Ozon kompaniyasining logistika markaziga hujum qildi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.
Zarba oqibatida omborda yonğin çiqib, xodimlar evakuatsiya qilingan.
Kompaniyaning dastlabki malumotlarga köra, hujum oqibatida jabrlanganlar yöq. Hozirça buyurtmalar qabul qilinmayapti va boşqa logistika markazlariga yönaltirilmoqda.
Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin dronlar hujumi oqibatida şahardagi fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetganini malum qilgan, biroq tafsilotlarni keltirmagan.
Ukrainaning monitoring kanallari, Saratov neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilingani va u yerda yonğin boşlanganini davo qilgan.
Bundan taşqari, dronlar Volgograd şahriga ham hujum qilgan. Şahar Krasnoarmeyskiy tumanidagi Kiçik yer qahramonlari (Geroi Maloy Zemli) köçasida joylaşgan köp qavatli uy zarar körgan. Ikki erkak – 42 va 55 yoşli fuqarolar jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.
Gubernator Andrey Boçaryovning sözlariga köra, dron parçalari Volgograd janubidagi sanoat korxonasi hududiga tuşgan. Biroq qaysi korxona ekani aniqlanmagan.
Şuningdek, Tula viloyatiga ham hujum uyuştirilgan. Viloyat gubernatori Dmitriy Milyayev hujum oqibatida 2 kişi halok bölganini malum qilgan. Yana 3 kişi yaralangan. Biroq boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dengiz dronlari Soçi sohiliga hujum qilgan edi. Hujum oqibatida 28 kişi, jumladan, 2 nafar bola jarohatlangan.