IMAN Holding va Mahmud Usmon örtasida mojaro: mustaqil audit va şariy tekşiruv boşlandi
Keça, 30 oktyabr kuni Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon IMAN Holding kompaniyasi faoliyatidagi moliyaviy tafovutlar, investorlar mablağlarining sarflanişi va bir qator şubhali kelişuvlar yuzasidan bayonot bergan edi. U kompaniya portfelida 20 million dollar kamomad borligini iddao qilib, bunga oid boşqa bir qator holatlarni ham oçiqlagandi. Bunga javoban IMAN Holding avvalgi munosabatini bildirgan bölsa-da, kompaniya bu mavzuga yana qaytib, navbatdagi bayonotini elon qildi.
IMAN Holding mustaqil tekşiruv boşlanganini malum qildi
Kompaniya matbuot xizmati rahbari Mirza Qodirovning aytişiça, Mahmud Usmon tomonidan keltirilgan malumotlar ikki tomon örtasidagi bahsning bir iştirokçisi fikri bölib, ularni auditorlar xulosasi yoki sud qarori bilan tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilib bölmaydi. Kompaniya öz bayonotiga ham bir tomonning pozitsiyasi sifatida qaraş lozimligini takidlagan.
Şu munosabat bilan IMAN Holding moliyaviy körsatkiçlar yuzasidan ommaviy bahslarni davom ettiriş örniga, barça davolarni mustaqil mutaxassislar örganişi kerakligini bildirgan. Kompaniyaning malum qilişiça, masala huquqiy, moliyaviy va şariy yönalişlarda tekşiriladi.
Xususan, şariy masalalarni örganiş uçun Usmoni’s auditorlik kompaniyasi jalb qilingan. Hozirda dastlabki audit jarayonlari boşlangan, yaqin vaqt içida kompaniya vakillari Özbekistonga taşrif buyuradi.
Bundan taşqari, IMAN Holding Özbekiston musulmonlari idorasiga masalaning şariy jihatlarini örganiş uçun ulamolar ajratiş yuzasidan rasmiy murojaat tayyorlagan. Kompaniya mamlakatda hurmat qozongan boşqa diniy ulamolar iştirokida alohida şariy kengaş tuziş böyiça ham iş olib borayotganini malum qilgan. Kengaş azolarining nomlari ularning roziligi olinganidan keyin elon qilinadi.
Kompaniya bayonotida Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakillariga ikki yarim yillik hamkorlik uçun minnatdorçilik ham bildirilgan. Qodirovning takidlaşiça, IMAN Holding şu davr mobaynida kengaşning barça xulosa va talablariga, hatto ular biznes manfaatlariga zid bölgan holatlarda ham amal qilib kelgan. Uning aytişiça, Mahmud Usmonning özi ham buni avvalgi ommaviy tadbirlarda etirof etgan.
IMAN Holding investorlarni mustaqil mutaxassislar xulosasi elon qilinguniga qadar şoşilinç qarorlar qabul qilmaslikka çaqirgan. Kompaniya faoliyatida kamçiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etişga tayyorligini ham bildirgan.
“Agar muammolar aniqlansa, ularni bartaraf etişga tayyormiz. Bizning tamoyillarimiz va maqsadimiz özgarmagan”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, kompaniya Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakillari mavjud holatni töğrilaş böyiça takliflar bilan çiqsa, ularni körib çiqişga oçiq ekanini malum qilgan.
Özi nima bölgan edi?
Joriy yilning 25 oktyabr kuni Islom moliyasiga muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan hamkorlikni zudlik bilan va töliq töxtatganini elon qildi. Bu haqda kengaş azolari – islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmon va xalqaro huquqşunos Husayn Rajabov bayonot berdi. Mahmud Usmonning bayonotiga köra, kompaniya faoliyati böyiça yakuniy xulosa berilmagan, şariy audit jarayoni esa davom etgan. 2026 yil iyul oyida kengaşga kompaniyadagi şubhali tranzaktsiyalarni aks ettiruvçi hujjatlar kelib tuşgan.
Şundan söng xalqaro moliyaçilar, huquqşunoslar va şariy auditorlardan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, uç yarim oy davomida tekşiruv olib borilgan. Moliyaviy tekşiruvlar 15 oktyabr kuni yakunlangan.
Bunga javoban “Iman Invest” kompaniyasi asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmon tomonidan kompaniya faoliyatiga nisbatan bildirilgan davolarni rad etdi. Uning aytişiça, tomonlar örtasidagi kelişmovçilik xizmat haqlarini kamaytiriş masalasi va kompaniya aktsiyalaridan uluş söralişi ortidan yuzaga kelgan.
Keyinroq, Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida bayonot berib, kompaniyaning 70 million dollarlik portfelida 20 million dollarlik kamomad borligini aytdi. IMAN Holding uşbu talqinga qöşilmasligini bildirib, keltirilgan summa uçta alohida moliyaviy körsatkiçni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini malum qildi.