USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hurmuz böğozidagi qarama-qarşilik: Eron taktikasi AQŞ uçun yangi sinov

208 марта
Hurmuz böğozidagi qarama-qarşilik: Eron taktikasi AQŞ uçun yangi sinov

Hurmuz böğozidagi vaziyat tobora keskin tus ola boşladi. Germaniyaning Welt naşri tahliliga köra, AQŞning Eron neft eksportini çeklaşga qaratilgan harakatlari amalda kutilganidek samara bermayapti.

Asosiy muammolardan biri — Eronning keng qamrovli “soya floti”dir. Turli baholaşlarga köra, 500 ga yaqin tankerdan iborat uşbu flot orqali Tehron sanktsiyalarni çetlab ötişga harakat qilmoqda. Ularning umumiy siğimi yuzlab million barrelga yetişi mumkin. Eng katta qiyinçilik esa — bu kemalarning transponderlarni öçirib, oçiq dengizda “yöqolib” qolişidir. Natijada ularni kuzatiş va nazorat qiliş texnik jihatdan ança murakkablaşadi.


Yaqinda kuzatilgan holat buni yana bir bor tasdiqladi: “Dorena” tankeri faqat Hindiston sohillari yaqinida, Hurmuz böğozidan yuzlab mil uzoqlikda AQŞ esmintsi tomonidan töxtatildi. Bu esa blokadani amalga oşiriş qançalik qiyin va resurs talab qiladigan jarayon ekanini körsatadi.

Harbiy jihatdan esa Eron ananaviy yondaşuvdan çetga çiqqan. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi kiçik, tezyurar katerlar orqali harakat qilmoqda. Ular sohil böylab yaşirin joylarda saqlanadi va kutilmaganda hujum qilib, zudlik bilan çekiniş imkoniga ega. Bu katerlar yirik harbiy kemalarga qarşi töğridan-töğri raqobat qila olmasada, fuqarolik kemalariga qarşi amaliyotlarda samarador vositaga aylangan.

Eronning asosiy maqsadi harbiy ustunlik emas, balki psixologik tasir ötkazişdir, deydi mutaxassislar. Çunki hatto yakka holdagi hujumlar ham dengiz yöllarini xavfli körsatib, suğurta xarajatlarini oşiradi va global neft narxlariga tasir körsatadi.

Umuman olganda, Hurmuz böğozidagi vaziyat endi faqat harbiy emas, balki iqtisodiy va psixologik kuraşga aylanib bormoqda. Blokadaning kelgusi taqdiri Eronning iqtisodiy çidamliligi va Ğarb davlatlarining energiya bozoridagi bosimga qay darajada tayyor ekaniga boğliq bölib qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: