AQŞ bilan uruş hali tugamadi – Eron armiyasi
29-04-2026, 08:11
104 марта

AQŞ bilan uruş hali tugamadi – Eron armiyasi
Eron AQŞ bilan uruş hali tugamagan deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Eron armiyasi vakili Muhammad Akraminiya mamlakat televideniyesi efirida söz oçdi.“Hozirgi vaziyatga kelsak, biz uruş tugadi deb hisoblamaganmiz... Biz uçun hozirgi holat hali ham harbiy vaziyatdir. Qadrli Eron xalqini işontirib aytamanki, agar duşman yana tajovuz qilsa, u Eronning yangi vositalari, yangiça yondaşuvi va yangi sohalardagi (javobi) bilan töqnaş keladi”, deydi u.
Eron armiyasi vakili, şuningdek, amaldagi sulh vaqtida Tehron Eronga hujum qilingan taqdirda javob qaytariş uçun ehtimoliy nişonlar röyxatini yangilaşga hamda qurol-yaroğlarni işlab çiqariş va yangilaşga harakat qilganini tasdiqlagan